176
7-BOB. KORXONALARDAGI HAQIQIY INVESTITSIYALAR,
YANGILIKLAR
VA INNOVATSIYALAR PORTFELINING SHAKLLANISHI
7.1.Investitsiyalar portfelini boshqarishning mazmuni, maqsadi va vazifalari
7.2.Investitsiyalar kiritish qoidalari.
7.3.Yangiliklar va innovatsiyalar portfelining shakllanishi
7.4.Sarmoyalarning bahosi va o‘rtacha o‘lchangan qiymatini belgilash.
7.5.Investitsion loyihaning biznes rejasi.
7.1.Investitsiyalar portfelini boshqarishning mazmuni,
maqsadi va vazifalari
Investitsiya kapital ko'payishini anglatadi. Mamlakat uchun umuman olganda
investitsiya mamlakatda kapital ko'payishining, alohida xo'jalik yurituvchi
sub'ektlar uchun esa – korxonaning kapitali ko'payishini anglatadi.
Iqtisodiyotda investitsiyalarning 2 turi farqlanadi. Bular – real investitsiyalar
va portfelli investitsiyalar. Real investitsiyalar – bu real kapital ko'payishi, ya'ni
binoga, uskunaga, materialga va boshqa xo'jalik vositalariga mablag' qo'yilishidir.
Portfelli investitsiyalar, asosan, kompaniyaning aktsiyalarini sotib olishni
anglatadi. Biroq, bunga faqat kompaniya tomonidan chiqarilgan uning yangi
aktsiyalarini sotib olish tegishlidir (chunki firma ulardan ishlab chiqarish
quvvatlarini ko'paytirish uchun foydalanadi, ya'ni firmaning real kapitali o'sadi).
Boshqa aktsiyadorlardan mavjud aktsiyalarni sotib olish investitsiyalar
hisoblanmaydi, chunki bunda korxonaning real kapitali o'smaydi
.
101
Korxonaning investitsion portfeli shu portfelga kiritilgan, amalga oshirish
uchun ko‘rib chiqishga qabul qilingan real loyiha va dasturlarning to‘plamidir. Uni
boshqarishning muhim maqsadi korxonaning investitsion strategiyasini uni
rivojlantirishning turli bosqichlarida eng samarali holda amalga oshirishdan iborat.
Portfelni shakllantirish jarayonida investor o‘zi tanlagan investitsion strategiya
101
Fundamentals of economics & management Aвторы: Institute of cost accountants of India (icai / icwai / icmai)
2013 - P.20.
177
doirasida quyidagi savollarga javob topishi lozim: Korxona qanday aniq
loyihalarni qabul qilishi kerak? Innovatsion reja va byudjetda kapital
qo‘yilmalarning qanday hajmini ko‘zda tutish kerak? Korxonaning investitsion
portfeli qanday manbalardan moliyalashtirilishi mumkin?
Investitsion portfel - qimmatli qog‘ozlar portfeli va investitsiya kiritish
demakdir.
―Qimmatli qog‘ozlar portfeli‖ tushunchasi-bu investor(alohida shaxs,
tashkilot, firma) ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlar to‘plami. Investitsiyalash deganda
keng ma‘noda pul yoki boshqa vositalarni saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadiga
ega bo‘lgan har qanday jarayon tushuniladi.
Investitsion portfel- bu jismoniy yoki yuridik shaxsga yoxud jismoniy va
yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning biror to‘plami bo‘lib,
yaxlit boshqaruv obyekti sifatida chiqadi. Odatda bozorda Tahlika/ Daromad
nisbati berilgan qandaydir investitsion sifat sotiladi, u portfelni boshqarish
jarayonida yaxshilanishi mumkin. Portfel ta‘minlanish va tahlika darajasi turlicha
bo‘lgan korporativ Aksiyalar, obligatsiyalar, shuningdek, davlat tomonidan
kafolatlangan qat‘iy daromadli, ya‘ni asosiy summa va joriy tushumlar bo‘yicha
yo‘qotishlar tahlikasi minimal bo‘lgan qog‘ozlar to‘plamidan tashkil topgan.
Nazariy jihatdan portfel bir turdagi qog‘ozlardan iborat bo‘lishi hamda bir xil
qog‘ozlar o‘rnini boshqasi bosishi orqali o‘zining tarkibini o‘zgartirishi mumkin.
Haqiqiy investitsiyalar portfelini boshqarishda kapital kiritmalarning quyidagi
xususiyatlarini hisobga olish zarur.
1.Ularni amalga oshirish katta moddiy va pul xarajatlari bilan bog‘liqdir.
2.Kapital kiritmalardan qaytarilishni kelajakdan bir qator yillar davomida
olish mumkin.
3.Kapital kiritmalarning bashoratida albatta xatar va noaniqlik elementlari
mavjud.
4.Odatda kapital kiritmalar sifatida ko‘rib chiqiladigan investitsiyalar ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi usukunalarni xarid qilish va korxonaning
o‘z strategik va taktik maqsadlariga erishish qobiliyatini oshirish bilan bevostita
178
bog‘liq boshqa kapital xarajatlarni ko‘zda tutadi. Har qanday investitsion portfelni
shakllantirishda investor quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
-yuqori daromadlilik darajasiga erishish;
-kapitalning o‘sishi;
-investitsion tahlikaning kamayishi;
-investitsiyalangan
vositalarni
investorni
qanoatlantiradigan
darajada
likvidliligi.
Investitsiya loyihalarini baholash bir necha usullari (7.1-rasm) bor. Ular
rejalashtirilgan investitsiyalar va kelajakdagi investitsiyalardan kelib chiqadigan
pul oqimlari solishtirish va baholashda asoslanadi.
7.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: