Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


-BOB. ITTKINI TASHKIL QILISH VA LOYIHALASHTIRISH



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə89/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

8-BOB. ITTKINI TASHKIL QILISH VA LOYIHALASHTIRISH 
8.1. Ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlari tushunchasi va
tuzilishi
8.2. ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari.
8.3. Innovatsion tashkilotning patent-litsenziyalari faoliyati.
8.4. Innovatsion loyihalashtirish asoslari.
8.5. Innovatsion loyihalarning ekspertizasi.
8.1. Ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlari
tushunchasi va tuzilishi 

Ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlari bilimlar zaxirasini, shu


jumladan inson, madaniyat va jamiyat to'g'risidagi bilimlarni ko'paytirish
maqsadida amalga oshiriladigan tizimli asosdagi ijobiy ishni, shuningdek yangi
takliflarni ishlab chiqish uchun bilimlarning ushbu zaxirasidan foydalanishni o'z
ichiga oladi.
118
Ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlarini boshqarish va uning
vazifalarini belgilash qoidalari to'g'risida umumiy ko'rsatmalar mavjud emas,
chunki qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p darajada kompaniyaning turiga va
muayyan holatlarga bog'liqdir. Ayrim ishlanmalar voqealarga tezlikda munosabat
bildiradi, biroq ko'pchilik ishlanmalar kelajakni yaratishga yo'naltirilgan va shu
sababli ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlarini boshqarish albatta
kompaniya qaysi sohada ishlashi samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan
texnologiyani yaratishga u qancha mablag' sarflashga intilishi to'g'risida qaror
qabul qilishdan boshlanadi.
Deyarli barcha sanoat kompaniyalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda
konstruktorlik ishlari bo'limi kompaniya biznesining o'sishi va barqarorligini
qo'llab-quvvatlashga o'z ulushini qo'shadigan hayotiy muhim bo'lim sifatida
118
Innovation management [Elektronski vir] / authors Borut Likar ... [et al.] ; editor Borut Likar, co-editors Peter
Fatur, Urška Mrgole ; translation Arslingue K. Žontar, TEFL, TBE. - 1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana : Korona plus -
Institute for Innovation and Technology, 2013 –P. 122.



201
qaraladi. Firmalarda ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlarining


unumdorligi va xususiyati ko'lamlari to'g'risidagi qaror asosan iqtisodiy samara
nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda
konstruktorlik ishlarining firmalarga beradigan samarasi sur'atlari yuqori
ekanligini, garchi yangi tovarlar va xizmatlar pastroq narx bo'yicha ishlab
chiqarilsa ham jamiyatga beriladigan samara o'sib borishini ko'rsatadi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlarining strategik
ahamiyatiga muvofiq kompaniya tuzilmasida uning ushbu bo'lim tomonidan
bajariladigan ish quyidagi kategoriyalarga tegishli bo'lishi mumkin:
-
Qo'shimcha (o'sish) ishlari – aniq bir mahsulot yoki jarayonga har xil
yaxshilashlarni joriy etishga yo'naltirilgan ishlar.
-
Radikal (o'zak) ishlar – uning jarayonida yangi mahsulot yoki yangi jarayon
yaratiladigan ishlar.
-
Fundamental
ishlar
– muayyan biznes-foyda olishga bevosita
mo'ljallanmagan, biroq ilmiy-texnik axborotni yaratishga mo'ljallangan ishlar;
ushbu axborot, masalan, biznesning yangi yo'nalishini ishlab chiqishga urinish
to'g'risidagi qarorga olib kelishi mumkin.
-
Atrof muhitni muhofaza qilish talablariga va qonun hujjatlarining boshqa
talablariga rioya qilish maqsadida amalga oshiriladigan moslashuvchan ishlar.
-
Ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlari xodimlari mavjud
mahsulotlarning muammolari ustida ishlaydigan mijozlarni qo'llab-quvvatlash
ishlari.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining tarifiga muvofiq ilmiy-
tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlari termini faoliyatning uch turini
qamrab oladi. Bular: fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalari.
-
Fundamental tadqiqotolar – bu birinchi navbatda kuzatilayotgan hodisalar
va jarayonlar to'g'risida yangi bilimlarga ega bo'lishga yo'naltirilgan ishlar.



202
-


Amaliy tadqiqotlar – bu yangi bilimlarni egallab olish uchun amalga
oshiriladigan o'ziga xos tadqiqotlar hamdir. Biroq, ular, o'z navbatida, aniq amaliy
maqsadlar yoki vazifalarga erishishga yo'naltirilgan.
-
Tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, bu tadqiqotlar natijalari tufayli va/yoki
amaliy tajriba orqali olingan yangi jarayonlarni, tizimlarni va xizmatlarni o'rnatish
yoki ishlab chiqarilgan yoki belgilangan jarayonlar, tizimlar va xizmatlarni ancha
takomillashtirish uchun yangi materiallar, mahsulotlar yoki qurilmalar yaratishga
yo'naltirilgan mavjud bilimlarga asoslangan tizimli ish.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin