199
takomillashtirgan holda ishlab chiqarishga joriy qilib, ichki va xorijiy bozorlarda
samarali sotilishini ta‘minlash uchun ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning
natijalaridan foydalanish va tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib,
innovatsiyalarga
olib keluvchi ilmiy, texnikaviy,
texnologik, tashkiliy,
moliyaviy
va tijoriy tadbirlarning butun bir majmuini ko‘zda tutadi.
Investitsion portfel
- bu jismoniy yoki yuridik shaxsga yoxud jismoniy va
yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning biror to‘plami bo‘lib,
yaxlit boshqaruv obyekti sifatida chiqadi.
Korxonaning investitsion portfeli
- shu portfelga kiritilgan, amalga oshirish
uchun ko‘rib chiqishga qabul qilingan real loyiha va dasturlarning to‘plamidir.
Portfelli investitsiyalar
- asosan, kompaniyaning aktsiyalarini sotib olishni
anglatadi. Biroq, bunga faqat kompaniya tomonidan
chiqarilgan uning yangi
aktsiyalarini sotib olish tegishlidir.
Qimmatli qog‟ozlar portfeli
- bu investor (alohida shaxs,
tashkilot, firma)
ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlar to‘plami. Investitsiyalash deganda keng ma‘noda
pul yoki boshqa vositalarni saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadiga ega bo‘lgan
har qanday jarayon tushuniladi.