Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə90/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

8.2. ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari 
Ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) – bilimlar hajmini,
jumladan inson, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni oshirish maqsadida
muntazam amalga oshiriladigan ijodiy faoliyatdir.
ITTKI ilmiy tadqiqot faoliyati (ITF)ning muhim turi va statistika fanining
asosiy kuzatuv obyekti sifatida chiqadi, unga tegishli bo‘lgan tushunchalar va
ta‘riflar xalqaro statistik tashkilotlarning tavsiyanomalarida markaziy o‘rin
egallaydi.
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstuktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari
quyidagilardir:
-tabiat va jamiyatni rivojlantirish borasida yangi bilimlarga, yangi qo‘llash
sohalariga ega bo‘lish;
-strategik marketing bosqichida tashkilot tovarining raqobatbardoshligi
bo‘yicha ishlab chiqilgan me‘yorlarni ishlab chiqarish sohasida moddiylashtirish
imkoniyatini nazariy va eksperimental tekshirish;
- yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda ro‘yobga chiqarish.
Sanab o‘tilgan vazifalarning amalga oshirilishi resruslardan foydalanish
samaradorligini,
tashkilotlarning
raqobatbardoshligini,
aholining
turmush
darajasini oshirish imkonini beradi.



203
ITTKIning yakunlovchi bosqichi yangi mahsulotni sanoat ishlab chiqarishida


o‘zlashtirish hisoblanadi. ITTKI natijalarini joriy qilishning quyidagi darajalari
(sohalari)ni ko‘rib chiqish lozim:
-ITIlarning
natijalaridan
nihoyasiga
etgan
ITIlarining
rivojlanishi
hisoblanmish yoki fan va texnikaning boshqa muammo hamda yo‘nalishlari
doirasida bajarilayotgan boshqa ilmiy-tadqiqotlarda va ishlanmalarda foydalanish;
-ITTKI natijalaridan eksperimental namunalarda va laboratoriya jarayonlarida
foydalanish;
-TKI va eksperimental ishlarning natijalarini tajribaviy ishlab chiqarishda
o‘zlashtirish;
-ITTKI natijalari va tajribaviy namunalarni sinash natijalarini seriyali ishlab
chiqarishda o‘zlashtirish;
-Texnikaviy yangiliklarni ishlab chiqarishda va bozorni tayyor mahsulotlar
bilan to‘yintirishda keng miqyosda ommalashtirish.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba hamda konstruktorlik ishlarini tashkil etish quyidagi
hujjatlashtirishning tarmoqlararo tizimlariga asoslanadi:
119
1.
Davlat standartlashtirish tizimi (FCC);
2.
Konstruktorlik hujjatlarning yagona tizimi (KHYT);
3.
Texnologik hujjatlarning yagona tizimi (THYT);
4.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (IChTTYT);
5.
Mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish tizimi
(MIChIChJET);
6.
Davlat mahsulot sifati tizimi;
7.
"Texnikada ishonchlilik davlat tizimi";
8.
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) va boshqalar.
ITTKIning asosiy tamoyillari:
-har qanday muammolarni hal qilishda, oqilona boshqaruv qarorlarini ishlab
chiqishda menejmentning ilgari ko‘rib chiqilgan ilmiy yondoshuvlari, tamoyillari,
vazifalari,
uslublarining
bajarilishi.
Ilmiy
menejmentda
qo‘llаnаdigаn
119
Фатхутдинов

Р.А.


Инновационный менеджмент
.
Учебник для вузов. - 6-е изд. - СПб.: Питер, 2011-C.382.



204
komponentlar soni boshqaruv obyektining murakkabligi, qiymati va boshqa


omillar bilan belgilanadi;
-innovatsion faoliyatni inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirish.
ITTKI quyidagi ish bosqichlariga bo‘linadi:
-fundamental tadqiqotlar (nazariy va qidiruv);
-amaliy tadqiqotlar;
-tajriba-konstuktorlik ishlari;
-oldingi bosqichlarda bajarilishi mumkin bo‘lgan tajriba eksperimental ishlar.
Nazariy tadqiqotlarning natijalari ilmiy kashfiyotlarda yangi tushuncha va
tasavvurlarni asoslashda, yangi nazariyalarni yaratilishida namoyon bo‘ladi.
Qidiruv ishlariga vazifasi mahsulot va texnologiyalarni yaratishning yangi
tamoyillarini; materiallar va ular birikmalarining yangi, ilgari ma‘lum bo‘lmagan
xususiyatlarini; menejment uslublarini ochilishidan iborat bo‘lgan tadqiqotlar
kiritiladi. Qidiruv tadqiqotlarida odatda mo‘ljallangan ishlarning maqsadi ma‘lum,
nazariy asoslari u yoki bu darajada tushunarli, ammo muayyan yo‘nalishlar aniq
bo‘lmaydi.
8.1-rasm.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin