Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə123/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Glossariy 
Texnologiya
- ilmiy praktika asosida turli sohalarda mahsulotlar olish, ularga
ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim.
Texnologiyaning vazifasi
-
-Yaratuvchilik, vayronkorlik, ikkilik vazifa.
Innovasion menejmentda texnologiya
-
turli xil sohalarni qaytadan ishlash
metodlari va usullari kompleksi.
Ilmiy texnologiya 
-
Iste‘mol qiymatini shakllanish tajribasini o‘rganish
ITTT-
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik tayyorgarligi mahsulot yashash
davri (MYaD) ning bosqichi sifatida ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi
(ITT) ni va ishlab chiqarishning tashkiliy tayyorgarligini o‘z ichiga oladi.

166
Paul Trott ― Innovation management and New Product Development‖ 2012-p.65.





270
11-BOB. XODIMLARNI INNOVATSION BOSHQARISH 

11.1. Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish xususiyatlari.
11.2. Innovatsion menejerdan talab qilinadigan sifatlar.
11.3. Ijtimoiy boshqaruvning yangi texnologiyalari.
11.4. Loyihaviy guruhlarning o‘zaro ijtimoiy hamkorligi.
11.5. Jahon ijtimoiy rivojlanish omili sifatida.
11.6.Innovatsion menejmenta rag‘batlantirish afzalligi
11.1.

Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish
xususiyatlari 
Ommaviy an‘anaviy ishlab chiqarish bilan innovatsion rivojlanishni orqaga
surib bo‘lmaslik o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar xodimlarni boshqarish va tashkil
etishning butun tizimini o‘zining innovatsion faoliyati va ishchi kuchini
boshqarishga yangicha yondashuvlarni amalga oshirish shaklida qayta qurishni
taqozo etmoqda. Shu holat tufayli innovatsion tashkilotning xodimlarini
boshqarish qator xususiyatlarni o‘z ichiga oladi:
-Novatorlik tashkilotlarida xodimlarni tanlash va ko‘chirish, ish haqining
miqdorini belgilash, mehnat faoliyatini baholash va boshqa vazifalarni hal qiluvchi
asosiy element innovatsion menejer hisoblanadi. Boshqarishning an‘anaviy
elementlari esamehnat resurslarini boshqarish texnologiyasini tashkil qiladi.
-Ishchilarni tanlash tizimi;
-Salohiyatli ishchiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: turlicha malaka va
ijodiy qobiliyatlarning mavjudligi.
-Innovatsion tashkilotda ishlash uchun xodimlar mehnatsevarlik, tajriba,
nazariyani bilish kabi an‘anaviy fazilatlardan tashqari ijodiy qobiliyatlar:
egiluvchan tafakkur, ijod qilishga ichki ehtiyoj, o‘qish va qayta o‘qishga moyillik
hamda boshqa qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, innovatsion
tashkilotlardagi alohida jihatlar quyidagilardir:
-Kadrlarni tanlash uslublari. Innovatsion kompaniyada kadrlarni tanlashning
o‘ziga xos xususiyatlari tufayli xodimlarni boshqarish xizmati an‘anaviy



271
uslublardan tashqari testlar tizimi, psixologik tekshiruv va ijodiy tanlovlardan


foydalanadi. Buning uchun xodimlar bo‘yicha menejer ijodiy va kasbiy
muvaffaqiyatlilik mezonlarini ishlab chiqadi.
-Ishlovchilarning maxsus guruhlari (olim-novatorlar, novator-menejerlar va
innovatsiyalarning aniq amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan xodimlar).
Olim-novator bu g‘oyalarni ilgari surish va innovatsiyalarni amalga oshirish
jarayonida qatnashishga qodir bo‘lgan yuksak malakali ishlovchilardir. Ikkinchi
guruhga asosiy vazifasi innovatsiyani g‘oyadan aniq natijagacha yetkazish bo‘lgan
mutaxassislar kiritiladi. Aynan novator-menejerning vazifalariga noaniqlik
sharoitida qarorlar qabul qilish hamda tadbirkorlik va moliyaviy tahlikalar uchun
javobgarlik kiradi. Yuqorida aytib o‘tilgan ishlovchilar toifasi loyihaviy guruhni
tashkil qiladi.
-Novatorlik kompaniyasi loyihaviy guruhining maqomi va ularning nafliligi
an‘anaviy tashkilotlarda qo‘llanadigan mezonlardan farq qiluvchi omillar bilan
belgilanadi.
-Xodimlar sifatiga qo‘yiladigan qat‘iy talablar. Bular natijasida kattagina
bo‘shatishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yuksak texnologiyalarning joriy
qilinishi ro‘y beradi. Masalan yuksak texnologiyalar sohasida innovatsiyalarning
tatbiq etilishida Procter&Gamble, Johnson&Johnson, IBM kompaniyalarida har
yili minglab ishchilar ishdan bo‘shatiladi.
-Tashkilotning innovatsion korporativ madaniyati. U nou-xaularni ishlab
chiqish va joriy qilinishini qulaylashtiradi.
Bunday tashkiliy madaniyatning elementlari quyidagilardir:
-ishlovchilarning innovatsion madaniyati (rahbarlardan tashqari), malakasi,
kasbiy ijodiy qobiliyatlari, mehnat tajribasi, o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyati,
innovatsion qadriyatlari, bevosita rahbar bilan munosabatlari, korxonadagi
motivatsiyalovchi omillar va boshqalar;
-rahbarlarning innovatsion madaniyati: malakasi, ilmiy-texnik bilim darajasi,
boshqaruv uslubi, innovatsion qadriyatlari, tahlikaga moyilligi, kompaniya
faoliyatining strategik yo‘nalishini anglash;



272
-korxonaning innovatsion salohiyati: tashkil qilish, menejmenti, kadrlar,


ishlab chiqarish, marketing, moliya, tashkiliy tuzilmasi;
-korxonaning innovatsion imkoniyatlari: tashqi muhitning qaror topgan shart-
sharoitlarida korxonaning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish
imkoniyatlari.
Motivatsiyalash siyosati. Uni shakllantirish ishlovchilarni taqdirlashning
barcha usullarini integratsiyalashga hamda rag‘batlantirishning individual va
jamoaviy shakllarini uyg‘unlashtirishga asoslangan.
Shunday qilib, yuqorida qayd tilganlarning barchasini bir yagona sxemaga
tơplash mumkin. Innovatsion korxonada xodimlarni boshqarish tizimining tarkibi
ushbu elementlardan tashkil topgan.

11.1-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin