Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


 Ishlab chiqarish tashkiliy texnik darajasini tahlil qilish va



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə119/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

10.3. Ishlab chiqarish tashkiliy texnik darajasini tahlil qilish va 
bashoratlash 

Ishlab chiqarishning tashkiliy texnik darajasi korxonada qo‘llanilayotgan


ishlab chiqarish vositalarining takomillashganlik darajasi, uni tashkil etish va
ishlab chiqarishni boshqarish uslublarining takomillashganlik darajasi bilan
tavsiflanadi.
Ishlab chiqarishning tashkiliy texnik darajasini «qora quti»
prinsipining tizimli yondashish misolida kuzatish mumkin.
10.2-rasm.
Ishlab chiqarishning tashkiliy texnik darajasini 
qora quti”prinsipi yordamida aniqlash
159

159
Молчанова О.П. Инновационный менеджмент: Учебник для вузов.; М.: Вита-Пресс


, 2011.-С 231.



260
Chizmadagi ―Kirish‖ jarayonida sifat ―a‘lo‖ deb baholansa, ya‘ni


raqobatbardoshlik talabiga javob beradi. Agarda ―jarayon‖ning sifati ― qoniqarli‖
deb baholansa, unda ― chiqish ‖da ham shunday sifat qo‘llanadi.
Demak, shuni xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, jarayonning ―kirish‖
bosqichida a‘lo darajadagi sifat ta‘minlansa, keying bosqichlarda ham shu holat
kuzatiladi.
Ishlab
chiqarish
tashkiliy-texnik
darajasining
o‘sishi
mahsulotni
tayyorlashniing mehnat sig‘imini pasaytirilishini va barcha resurslardan
samaraliroq foydalanilishini ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish tashkiliy-texnik
darajasini tahlil qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
-ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy darajasini tahlil qilish;
-ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish darajasini tahlil qilish;
-korxonaning tashkiliy tuzilmasini va boshqaruvning samaradorligini tahlil
qilish;
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tavsiflovchi yo‘nalishlarning
har biri ko‘rsatkichlar tizimi bilan ifodalanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarni tanlash
korxona tomonidan tahlilning maqsadidan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Ishlab chiqarish ilmiy-texnik darajasining keng qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlari
mahsulotning progressivligi va sifati, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish darajasi, uning texnikaviy bazasi va qo‘llaniladigan
texnologiyalarning progressivligi, mehnatning texnik va energetik qurollanganligi
darajasi ko‘rsatkichlaridir.
Texnikaning holati va progressivlik darajasi ahamiyatli darajada ishlab
chiqarishning tavsifi va natijalarini belgilab beradi hamda texnologiyani
takomillashtirish imkoniyatini taqozo etadi. Asosiy fondlarning tuzilishi, yosh
jihatidan tarkibi,ularning progressivligi va mehnatning jihozlanganligi tahlili
tashkiliy-texnik darajasi tahlilining asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishning
texnik darajasi ko‘rsatkichlari (asosiy fondlar, uskunalarning faol qismi,
uskunalarning progressiv guruhlari, uning yosh jihatidan tarkibi, fizik holati va
harakati, mehnatning qurollanganligi, mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtiril-



261
ganligi) ning mazmuni mutaxassislik fanlarida, ilgari o‘rganilgan majmuaviy


tahlilda (jumladan korxona iqtisodiyoti va boshqalarda) bayon etilgan.
Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasini tahlil qilish ishlab
chiqarishning kontsentratsiyalash (to‘plash), ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash
darajasi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, uzluksizligi, bir tekis borishi va
maromiyligi ko‘rsatkichlari bilan, shuningdek mehnatni tashk il qilish darajasi
ko‘rsatkichlari (mehnat taqsimoti koeffitsiyenti, me‘yorlarning asoslanganligi,
kadrlarning doimiyligi, korxonadagi malakalilik darajasi va boshqalar) bilan
tavsiflanadi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruvning samaradorligi tahlili
korxonani boshqarishning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatkichlari
bilan tavsiflanishi mumkin. Asosiy e‘tiborni hisoblab chiqilgan ko‘rsatkichlar bilan
ularning amaldagi qiymatlarini taqqoslashga qaratish va korxonaning tashkiliy-
texnik darajasini yaxshilash yo‘llarini aniqlash lozim.
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tavsiflovchi integral
ko‘rsatkich korrelyatsion omilli tahlildan foydalangan holda tanlangan
ko‘rsatkichlarning qiymatlaridan hosil bo‘lgan funksiya sifatida aniqlanishi
mumkin. Ko‘rsatkichning amaldagi qiymatini ushbu iqtisodiy shart-sharoitlar
uchun optimal bo‘lgan biror ko‘rsatkich bilan taqqoslash va shu asosda ishlab
chiqarishning iqtisodiy rivojlanishini hamda korxonaning moliyaviy holatini
bashoratlash mumkin.
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasi (ITTD) ni bashoratlash quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
-kirish parametrlarining marketing bashorati;
-kirish komponentlari sifatining bashorati;
-kirish va chiqish parametrlari sifatining muvozanatini ta‘minlovchi xususiy
ko‘rsatkichlar prognozi;
-ITTD ni baholash me‘yorlarining prognozi;
-ITTD ning istiqboldagi raqobatbardoshligini ta‘minlovchi tadbirlarni ishlab
chiqish;



262
-investitsion maqsadlarni amalga oshirish uchun tashkiliy tizimni


takomillashtirishni loyihalashtirish;
-investitsion mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik va tashkiliy
xujjatlarni tayyorlash (mavjud texnologiya, texnik ta‘minot va ishlab chiqarish
quvvatining yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qiyosiy tahlil qilish, yangi
texnologiya va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini loyihalashtirish, resurslarga
bo‘lgan ehtiyojlarni me‘yorlashtirish va ularni yetkazib beruvchilar bilan
shartnomalar tuzish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni operativ
rejalashtirish).

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin