Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Ishlab chiqarishni tashkiliy texnik darajasining



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə117/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

10.2.Ishlab chiqarishni tashkiliy texnik darajasining 
vazifalari,xususiyatlari va bosqichlari 
Yangi mahsulotni yaratishni, ishlab chiqarishning texnik bazasini
rivojlantirishni va uni tashkil qilishni takomillashtirishni ta‘minlovchi texnik
tashkiliy tadbirlarning yig‗indisi ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni anglatadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash korxonada texnik rivojlanish rejasining
bajarilishida o‗z ifodasini topadi.
157
Bu reja korxonaning biznes rejasida ham o‗z aksini topib uning bo‗limlari
quyidagilardan iboratdir:
-
ilmiy izlanish, konstruktorlik ishlarini o‗tkazish;
-
yangi mahsulot turlarini yaratish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini
oshirish;
-
progressiv texnologiyani ishlab chiqarishga tadbiq qilish, ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;
-
mehnatni ilmiy tashkil qilishni tadbiq qilish;
-
ishlab
chiqarishni
boshqarish,
rejalashtirish
va
tashkil
qilishni
takomillashtirish.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash quyidagilarga bo‗linadi:
-
ilmiy izlanishli tayyorlanish;
-
loyihali konstruktorlik tayyorlanish;
-
texnologik tayyorlanish;
-
moddiy tayyorlanish;
-
tashkiliy rejali tayyorlanish.
157
Anna Rudawska1,Agnieszka Seń, Leszek Semotiuk ―Technical and organizational aspects of production
preparation of door factory‖ Advances in Science and Technology Research Journal Volume 7, No. 20, Dec. 2013-
p 42



256
Ishlab


chiqarishni
loyihali
konstruktorlik
tayyorlash
-
korxonani
rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash, mahsulot yangi turlarini yaratish
loyihalarini o‗z ichiga oladi. Texnologik tayyorlash ishlab chiqarish texnologik
jarayonlarini loyihalash, jihozlarni tanlash va ularni o‗rnatish, texnik nazorat
metodlarini ishlab chiqish, mehnat, materiallar, yoqilg‗i, energiya sarflarini
normalash kabilarni o‗z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash mahsulot hayotiy davri
bosqichi sifatida ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va ishlab chiqarishni
tashkiliy tayyorlashni o‗z ichiga oladi.
ITTTning maqsadi yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik va
tashkiliy hujjatlarni tayyorlash hisoblanadi.
ITTTning vazifalari:
-yangi mahsulot texnologikligi tahlili;
-korxonaning mavjud ishlab chiqarish quvvati;
-texnologiyasi va jihozlari tahlili;
- yangi mahsulot ishlab chiqish;
-yangi ishlab chiqarish uchastkalarini loyihalash;
-moddiy texnik resurslar yangi ta‘minotchilari bilan shartnomalar tuzish.
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik tayyorgarligi (ITTT) mahsulot yashash
davri (MYaD) ning bosqichi sifatida ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi
(ITT) ni va ishlab chiqarishning tashkiliy tayyorgarligini o‘z ichiga oladi. ITTT
ning maqsadi yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun texnologik va tashkiliy
hujjatlarni tayyorlashdan iborat. ITTT ning vazifalari:
-yangi mahsulotning texnologiyalik darajasini tahlil qilish;
-korxonada mavjud bo‘lgan texnologiyalar, uskunalar va ishlab chiqarish
quvvatlarini tahlil qilish;
-yangi mahsulotni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini, nostandart
texnologik uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, ularni tayyorlash;
-har xil turdagi moddiy- texnikaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni me‘yorlash;
-yangi ishlab chiqarish uchastkalarini loyihalashtirish;



257
-moddiy-texnikaviy resurslarning yangi yetkazib beruvchilari bilan


shartnomalar tuzish;
-ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish me‘yorlarini hisoblab chiqish;
-mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uni ishlab chiqarishning
operativ taqvim rejalarini ishlab chiqish;
-ITTT ni operativ boshqarish va boshqalar.
Ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi deganda berilgan ko‘lamda yangi
mahsulotlarni
kengaytirgan
holda
ishlab
chiqarishni
yaratish
va
o‘zlashtirishnita‘minlaydigan texnik, tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar majmui
tushuniladi.
Texnik tayyorgarlik bir nechta bosqichdan tashkil topgan:
-loyihalashtirish – konstruktorlik;
-texnologik;
-tashkiliy-iqtisodiy tayyorgarlik;
-yangi mahsulotlarni sanoatda o‘zlashtirish.
Ishlab chiqarishni loyihalashtirish –konstruktorlik tayyorgarligi (ILKT) yangi
mahsulotni loyihalashtirish va ilgari ishlab chiqarilganlarini modernizatsiyalashni,
shuningdek korxonani yoki uning ayrim bo‘linmalarini rekonstruktsiyalash va
qayta jihozlash loyihasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishning
texnologik tayyorgarligi (ITT) belgilangan muddatlarda, ishlab chiqarish va
xarajatlar hajmida korxonaning yangi mahsulotni o‘rnatilgan sifat darajasida
chiqarishga texnologik o‘zaro bog‘liq jarayonlar majmuidir.

10.1-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin