258
Rasmdan ko‘rininb turibdiki, ishlab chiqarishning tashkiliy tayyorgarligi
yangi mahsulotni tayyorlashning ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish
loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, mehnatga haq
to‘lash tizimi, korxona ichidagi xo‘jalik hisobi, me‘yoriy bazasi, belgilangan sifat
darajasidagi yangi texnikaviy konstruktsiyalarni o‘rnatilgan
muddatlar,
ishlab
chiqarish hajmi va eng kam ishlab chiqarish xarajatlari sharoitida o‘zlashtirish
uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqarishni moddiy-texnikaviy
resurslar bilan ta‘minlash bo‘yicha jarayonlar va ishlar majmuidir.
Ishlab chiqarishning tashkiliy tayyorgarligi quyidagi bosqichlardan tarkib
topgan:
a) ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. U alohida
sexlarda ishlab chiqarishni tashkil qilish va ixtisoslashtirish shakllarini, shuningdek
ular o‘rtasidagi
aloqalarni tanlashni; uskunalar va maydonlarga bo‘lgan ehtiyojni
aniqlash; sex va uchastkalarning strukturasini tuzish; sexlarni rekonstruktsiyalash
va texnik qayta qurollantirish loyihasini ishlab chiqish;
ishlab chiqarishni operativ
rejalashtirish tizimlarini ishlab chiqishni qamrab oladi;
b) asosiy ishlab chiqarishga texnik xizmat ko‘rsatish loyihasini ishlab chiqish
ishlab chiqarishda mehnat predmetinig harakati rejasini tuzishni; zarur transport
vositalari hamda idishlarni tanlash va belgilashni; yordamchi jarayonlar (ta‘mirlash
va asbob-uskunalar bilan xizmat ko‘rsatish, ombor xo‘jaligini
tashkil etish, yangi
mahsulotning sifatini nazorat qilish shaklini tanlash) ning loyihalarini ishlab
chiqishni o‘z ichiga oladi.
v) tashkil qilish va mehnatga haq to‘lash loyihasini ishlab chiqish mehnat
jarayonlarini
taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylariga xizmat ko‘rsatish,
mehnat qilish va dam olish rejimini tashkil qilishni, mahsulotning va uning tarkibiy
qismlarining
mehnat
sig‘imini
aniqlashni;
kadrlarni
tayyorlash
va
komplektatsiyalashni; ishchi mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash va
mukofotlash tizimini tanlashni ko‘zda tutadi.
s) MTT va mahsulotni sotish loyihasini ishlab chiqish alohida turdagi moddiy
resurslarga ehtiyojni aniqlashni; zarur uskunalar,
jihozlar, butlovchi buyumlarga
259
buyurtmalar tuzishni, yetkazib beruvchilarni izlab topish va shartnomalar tuzishni,
yangi mahsulotning bo‘lg‘usi iste‘molchilari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishni o‘z
ichiga oladi;
d) korxona ichida xo‘jalik hisobining me‘yoriy bazasini shakllantirish moddiy
va mehnat xarajatlari, taqvim-reja me‘yorlarini hisoblab chiqishni;
yangi turdagi
mahsulotning tannarxi va narxlarini aniqlashni, alohida zahiralar va aylanma
vositalarning miqdorini o‘rnatishni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini o‘ziga xos xususiyati
korxonada foydalanilayotgan mashina va uskunalarning
takomillashuv darajasi,
texnologik jarayonlar darajasi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish holati,
boshqaruvning qabul qilingan uslublarining samaradorlik darajasi, ishlab
chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish hamda chiqarilayotgan
mahsulotning sifat darajasidir iborat.
Dostları ilə paylaş: