290
12
-
BOB. KORXONALARDAGI INNOVATSIYALAR MARKETINGI
12.1.Innovatsion marketing turlari
12.2.Strategik innovatsion marketing
12.3.Operativ innovatsion marketing
12.4.Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash sharoitida tovar siyosati. Tovar va
biznes
12.5 Innovatsion mahsulotning hayot tsikli va tashkilotning muhim
bosqichida marketing faoliyati maqsadlari.
12.1. Innovatsion marketing turlari
Innovatsiyalar marketingi konsepsiyasi korxonaning butun marketing
xizmatining, bozorni tadqiq etish va raqobat strategiyasini izlash borasidagi asosiy
ish hisoblanadi. Marketing bo‘linmalarining innovatsiyalarini izlashning dastlabki
bosqichidagi birinchi darajali vazifasi bozorni tadqiq etish, ya‘ni talab va raqobat
darajasini, xaridorning xatti-harakatlarini va uning afzal ko‘rishlarining
dinamikasini, raqobatlashuvchi mahsulotlarning mavjudligini
va yangilikning
bozorda mustahkamlanish imkoniyatlarini o‘rganish hisoblanadi.
Marketing strategiyasi bozorni tahlil qilish va operativ marketing oltita
prinsipial bosqichdan tashkil topgan:
- umumiqtisodiy tahlil;
- iqtisodiy kon‘yuktura tahlili;
- bozorni maxsus tadqiq etish;
- yangilikning kirib borish strategiyasini ishlab chiqish;
-operativ marketing tadbirlari;
-marketingga sarflangan xarajatlar va undan olingan daromadni baholash.
Marketing konsepsiyasidan ma‘lumki, innovatsion marketingni hozirgi vaqtda
biznesning falsafasi, strategiyalari, boshqaruv vazifalari va amallari hamda uslubiy
asoslarining birligi sifatida tushuniladi.
291
12.1
-
rasmda bozorni tahlil qilish bo‘yicha marketing
strategiyasini ishlab
chiqish va operativ marketingning prinsipial bosqichlari sanab o‘tilgan. Bu zanjir
avvalo umumiy tahlilni o‘tkazish
bilan boshlanib, innovatsiyalarni ishlab chiqish
rejalarini tuzish, ularni amalga oshirish va nihoyat sarflangan xarajatlar va olingan
daromadlar o‘rtasodagi farqni hisoblash bilan yakunlanar ekan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish xususiyatiga ega bo‘lgan
mamlakatlar uchun
innovatsion marketing yangilik bo‘lib hisoblanadi. Industrial jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda firmani rivojlantirishning marketing borasidagi konsepsiyasi o‘n
yilliklar davomida faxrli o‘rin egallab kelmoqda. Bunda shuni e‘tirof etish lozimki,
innovatsion marketingning fan sifatida shakllanishi so‘ggi o‘n yillarga to‘g‘ri
keladi.
12.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: