327
bermoqda va venchur kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasi o‘zgartirilmoqda.
Chunonchi, investitsiyalarning innovatsiyalarga qaratilganligi firmaning ko‘p
tarmoqli va tarmoqlararo yo‘nalishda ishlashiga turtki beradi. 51 - diagrammadan
shuni ko‘rishimiz
mumkinki, 2006-2012 yillarda AQSHda venchurli
investitsiyalash 31,1% dan 29,7% ga tushgan. Yevropa davlatlarida bo‘lsa, bu
turdagi moliyalashtirishga 2007-2008 yy. da chuqur urg‘u berilib, 2012-yilga kelib
susayganligini, ya‘ni 5,7% ga tushganini ko‘rishimiz mumkin.
Dunyo
mamlakatlari bo‘yicha venchurli moiyalashtirish ko‘proq 2011 yilda amalga
oshirilgan ekan.
Bunda yangi bozor segmentlari, yondosh ishlab chiqarishlar
vujudga
kelishi mumkin, ishlab chiqarilayotgan texnologiyalarning samaradorligi
oshadi.Yuqoridagi diagrammada jahon venchur kapitali
bozoridagi investitsiyalar
hajmi keltirilgan.Yirik firmadan mayda innovatsion firmalar kurtak otib,
amalda
diversifikatsiyalash hamda innovatsion yo‘naltirilganlikning afzalliklarini
namoyish etmoqda. Masalan 1970 yillarning boshida General Elestris firmasida 10
tagina mustaqil innovatsion yo‘naltirilgan korxonalar tashkil qilingan bo‘lsa, 1980
yillarning oxirida bosh kompaniya tarkibida venchur ilmiy bo‘linmalar soni 200
taga etdi. General Motors, Xerox, IBM va shunga o‘xshash sanoat gigantlari ham
venchur kapital firmalari keng rivojlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: