Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Fan-texnika sohasidagi kichik biznesning yanada rivojlanishi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə17/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Fan-texnika sohasidagi kichik biznesning yanada rivojlanishi 
borasida davlat siyosati
22

Shu maqsadda rivojlangan mamlakatlar boshqaruv tizimida kichik biznes va


xususiy tadbirkorlikni qo‘llab - quvvatlovchi va rivojlanishini ta‘minlovchi maxsus
qo‘mitalar tashkil etilgan. Masalan: AQSh Kongressida 1953 yil biznes bilan
shug‘ullanuvchi kichik biznes ishlari bo‘yicha ma‘muriyat tuzilgan bo‘lib, uning
hududiy qo‘mitalari (30-40 kishidan iborat bo‘lgan) har bir shtatda tashkil etilgan.
Qo‘mitaning bosh maqsadi mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblangan.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni huquqiy asoslarini
tartibga soluvchi maxsus qonunlar ham qabul qilgan. Buning asosida 1970-1973
yillarda ―Малое прекрасное‖ shiori yuzaga kelgan.
Natijada yirik kompaniyalar mayda korxonalarga ajrala boshlagan.
Angliyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tartibga solishda ma‘muriy
vositalardan keng foydalanilgan. Koreya Respublikasida ham kichik biznes va
22
Mualliflar tomonidan tuzildi.



34
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator qonunlar qabul


qilingan bo‘lib, uning mohiyati ularni boqimandalik holatlaridan olib chiqish va
oyoqqa turg‘izish hisoblangan.

1.8-rasm.


Fransiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish yo‟nalishlari
23

Fransiyada hukumat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni


rivojlantirishni asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. U yuqoridagi rasmda aks
ettirilgan.
Yaponiyada har 10 ta korxonaning 9 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari hisoblanib, ular mamlakat iqtisodiyoti yuksalishida o‘z o‘rniga ega.
Shu maqsadda asosiy e‘tibor uning huquqiy asosini yaratishga qaratilgan bir qator
hujjatlar qabul qilingan. Bunday qarorlar jumlasiga: kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik munosabat bo‘yicha siyosat asoslari, ularni modernizatsiyalashga
yordam ko‘rsatish, kichik biznes faoliyatiga rahbarlik qilish to‘g‘risidagi
hujjatlarni kiritish mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
ko‘lami har bir mamlakat iqtisodiy - ijtimoiy va siyosiy ahvoli holatidan kelib
chiqadi. Shuning uchun bu borada aniq yo‘l va ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasada,
mavjud tajribalarga tayanib quyidagi yo‘nalishlarni tavsiya etishimiz mumkin:
-davlat byudjeti mablag‘lari evaziga qo‘llab-quvvatlash;
-har xil fondlar va uyushmalar mablag‘lari hisobiga;
23
Mualliflar tomonidan tuzildi.



35
-moliya va kredit tizimida turli imtiyozlar berish orqali;


-axborotlar bilan doimiy ravishda ta‘minlab borish va hokazo. Bu borada
mamlakatimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga bevosita ko‘mak beruvchi, uni
qo‘llab - quvvatlovchi maxsus qo‘mitalar va kengashlar tashkil etildi.
Mamlakat miqyosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish va
amalga oshirish bu idoralarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Mahalliy organlar,
hokimiyatlar hududiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha o‘z
dasturlarini ishlab chiqadilar hamda amalga oshiradilar.
Mustaqillikning birinchi kunidanoqrespublikada kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini tashkil etishga kirishildi. Buning
asosida Oliy Majlis tomonidan bir qator ―O‘zbekiston Respublikasidagi
korxonalar to‘g‘risida‖gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasida ―Xususiy
tadbirkorlik to‘g‘risida‖ Nizom, O‘zbekiston Respublikasining ―Kichik va xususiy
tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish to‘g‘risida‖gi Qonun qabul qilindi.

1.9-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin