34
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator qonunlar qabul
qilingan bo‘lib, uning mohiyati ularni boqimandalik holatlaridan olib chiqish va
oyoqqa turg‘izish hisoblangan.
1.8-rasm.
Fransiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish yo‟nalishlari
23
Fransiyada hukumat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. U yuqoridagi rasmda aks
ettirilgan.
Yaponiyada har 10 ta korxonaning 9 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari hisoblanib, ular mamlakat iqtisodiyoti yuksalishida o‘z o‘rniga ega.
Shu maqsadda asosiy e‘tibor uning huquqiy asosini yaratishga qaratilgan bir qator
hujjatlar qabul qilingan. Bunday qarorlar jumlasiga: kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik munosabat bo‘yicha siyosat asoslari, ularni modernizatsiyalashga
yordam ko‘rsatish, kichik biznes faoliyatiga rahbarlik qilish to‘g‘risidagi
hujjatlarni kiritish mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
ko‘lami har bir mamlakat iqtisodiy - ijtimoiy va siyosiy ahvoli holatidan kelib
chiqadi. Shuning uchun bu borada aniq yo‘l va ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasada,
mavjud tajribalarga tayanib quyidagi yo‘nalishlarni tavsiya etishimiz mumkin:
-davlat byudjeti mablag‘lari evaziga qo‘llab-quvvatlash;
-har xil fondlar va uyushmalar mablag‘lari hisobiga;
23
Mualliflar tomonidan tuzildi.
35
-moliya va kredit tizimida turli imtiyozlar berish orqali;
-axborotlar bilan doimiy ravishda ta‘minlab borish va hokazo. Bu borada
mamlakatimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga bevosita ko‘mak beruvchi, uni
qo‘llab - quvvatlovchi maxsus qo‘mitalar va kengashlar tashkil etildi.
Mamlakat miqyosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish va
amalga oshirish bu idoralarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Mahalliy organlar,
hokimiyatlar hududiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha o‘z
dasturlarini ishlab chiqadilar hamda amalga oshiradilar.
Mustaqillikning birinchi kunidanoqrespublikada kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini tashkil etishga kirishildi. Buning
asosida Oliy Majlis tomonidan bir qator ―O‘zbekiston Respublikasidagi
korxonalar to‘g‘risida‖gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasida ―Xususiy
tadbirkorlik to‘g‘risida‖ Nizom, O‘zbekiston Respublikasining ―Kichik va xususiy
tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish to‘g‘risida‖gi Qonun qabul qilindi.
1.9-rasm.
Dostları ilə paylaş: