36
Bundan tashqari, respublika hududida chet el investorlarini ham keng faoliyat
ko‘rsatishiga imkoniyatlar yaratib berildi. Natijada respublikada kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni muayyan
shakllari yaratildi.
O‘zbekiston
Respublikasining
tadbirkorlik
to‘g‘risidagi
qonunida
tadbirkorlikning iqtisodiy - huquqiy mustaqilligi hamda ushbu mustaqillikni
ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan kafolatlar tadbirkorlarning huquq va mas‘uliyati
aniq belgilangan. Ushbu qonunda tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning
boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat boshqaruv idoralari bilan
munosabatlarini tartibga solishga taalluqli qoidalar ham yoritib berilgan. Ushbu
qonun
vositasida
fuqarolarning
tadbirkorlik
faoliyati
tartibga
solingan
tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlari belgilab berilgan. Qonun
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarini erkin tanlashga, bu shakllarning teng
huquqlilik asosida amal qilishiga, o‘zaro hamkorlik va erkin raqobatbardoshlikni
ta‘minlaydigan sharoitlarni yaratilishiga ko‘maklashadi. Bundan tashqari,
respublikada mustaqillik yillarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
―Mulk to‘g‘risida‖gi, ―Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida‖gi, ―O‘zbekiston
Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida‖gi, ―Kooperatsiya to‘g‘risida‖gi,
―Ijara to‘g‘risida‖gi, ―Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida‖gi, ―Chet
elinvestitsiyalari va chet el investorlari faoliyatlari kafolatlash to‘g‘risida‖gi,
―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖gi, ―Xususiy korxona
to‘g‘risida‖gi Qonunlari tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy bazasini tashkil
etadi. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning maqsadi 1999 yilda ―O‘zbekiston
Respublikasida kichik va xususiy korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash
Davlat dasturi‖ qabul qilingan. Bu dasturning muhim bir tomoni shundaki, unda
qishloq joylarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e‘tibor
qaratilgan. Ushbu Davlat dasturi iqtisodiyotni erkinlashtirish tadbirlari to‘plamini
ko‘zda tutadi, mamlakatda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning
asosiy maqsadlarini belgilab beradi.