28
xizmat ko‗rsatish sohasidagi) vazifa hamda muammolar shakllantirilib, konsalting
va axborot xizmatlari ko‗rsatiladi. shu bilan birga busohada hali amalga oshirilishi
zarur bo‗lgan vazifalar ko‗p. Jumladan, innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish
mexanizmini takomillashtirish zarur. Innovatsion faoliyat markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan turdamoliyalashtiriladi. birinchi usulda pul mablag‗lari:
davlat budjeti, ilmiy-texnik rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni
maqsadli moliyalashtirish: tanlov ishlarini bajarish bo‗yicha jamg‗armalar;
muayyan loyiha uchun ajratilgan va qaytarilishi kutilmaydigan grantlar hamda
subsidiyalar; hokimiyatlar va boshqaruv organlari maxsus buyurtmalarini
moliyalashtirish; davlat banklarining kreditlari hisobidan taqdim etiladi.
Moliyalashtirishning
markazlashtirilmagan
usuli
korxonalarning
xususiy
mablag‗lari, xorijiy investorlar, xususiy shaxslar, maxsus moliya yoki xayriya
jamg‗armalari hamda kredit mablag‗laridan foydalanishga asoslangan. Masalan,
AQSHda sanoat kompaniyalari va banklari universitetlar, kollejlar, federal
hukumat idoralari hamda mahalliy boshqaruv organlari, sohalar va ularning
uyushmalari, xususiy shaxslar ilmiy jamg‗armalarini tashkil qilishda faol
qatnashadilar. O‗zbekistonning davlat investitsiya siyosati birinchi navbatda
iqtisodiyotda tuzilmaviy o‗zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar investitsiya
faoliyatini jadallashtirish hamda chet el investitsiyalarini keng miqyosda jalb
qilish, shuningdek, investitsiya loyihalari tanlovi asosida ijtimoiy masalalarni hal
etishga yo‗naltirilgandir. bozor xo‗jaligiga mos bo‗lgan soliq tizimiga o‗tish
innovatsiya tuzilmasining moliyaviy jihatdan ta‘minlanishi yaxshilanishiga
ko‗maklashadi. Mazkur tizimning mohiyati belgilanayotgan soliq miqdori
mahsulotning yangi yaratilgan qiymati miqdori, olingan foyda hamda mavjud
bo‗lgan mulk qiymatiga bevosita bog‗liqligidan iborat. Shuni ta‘kidlash joizki,
amaldagi soliq tizimi kichik korxonalar, jumladan, innovatsiya korxonalari faoliyat
yuritish sharoitlarini hisobga olmaydi. Innovatsiya korxonalari, boshqa xususiy
korxonalar kabi foyda solig‗ini to‗lash paytida soliqqa tortiladigan foyda miqdorini
aniqlashda imtiyozga egadirlar. Jumladan, ularga ishlab chiqarishni kengaytirish,
qayta tashkil qilish, texnikaviy jihozlash uchun yo‗naltirilgan foydani chegirish
29
huquqi taqdim etilgan. Ishlab chiqarish uchun mo‗ljallangan mahsulot hamda
qurilish materiallarini yetkazib beradigan ba‘zi bir korxonalar olgan foydasi ushbu
korxona ro‗yxatga olingan kundan boshlab, dastlabki ikki yil mobaynida soliqqa
tortilmaydi. Mazkur imtiyoz tugatilgan yoki davlat tasarrufidan chiqarilgan yoxud
sanatsiya natijasida qayta tuzilgan innovatsiya korxonalari, ularning filiallari
hamda tuzilmaviy bo‗linmalariga tegishli emas.
Korxonalar, ularning raqobatlari bozorga yangi mahsulot bilan kelganda,
o‘rtadagi raqobat shakli o‘zgarishini bilib ish yuritadilar. O‘zgaruvchanlik va
moslashuvchanlik – bozor iqtisodiyotida tirik qolish va rivojlanish uchun eng
asosiy ko‘rsatkichlardir. Lekin korxonalar innovatsiyalarni boshqara olishadimi?
―HA‖ javobi 2008 yilda Bil Geyts bilan ta‘kidlangan edi.
―Aksiyalar narxi bizning boshqaruvimizda emas. Biz faqat innovatsiyalarni,
sotuvni va foydani boshqara olamiz‖ (Rushe va Uelps, 2008).
20
2015 yilning
oxirida The Boston Consulting group tashkiloti o‘zining elektron sahifasida
dunyoning 50 ta eng innovatsion tashilotlari reytingini chop etdi. Tadqiqotlarda
turli xil sohalardan 1500 - top - menedjerlar ishtirok etishdi. Reyting tuzilyotganda
tashkilotlarni turli xil ko‘rsatkichlariga tayanib o‘rinlar taqsimlandi.
21
Dostları ilə paylaş: