O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org
1.5.“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” da innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
Tajribalar axborot va eng yangi texnologiyalar bozorining yirik firmalar
tomonidan monopollashtirilishi tendensiyalarini bartaraf etishning yuksak samarali
vositasi sifatida kichik innovatsion korxonalar (KIK) ni davlat tomonidan jiddiy
qo‘llab-quvvatlashning muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlamoqda. Tashqi
muhitdan kelayotgan tahlikalarni pasaytirish imkonini beruvchi bunday qo‘llab -
quvvatlashning muhim elementi innovatsiyalarni innovatsion siklning barcha
bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib borishini ta‘minlay oladigan infratuzilmani
yaratishdir. Kichik innovatsion biznesni tartibga solish jarayonida davlat
apparatining asosiy maqsadi tahliliy faoliyat, ilmiy va joriy etish faoliyatining
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha egiluvchan soliq siyosatini shakllantirish, KIK ni
huquqiy, yuridik va moliyaviy himoyalashdan, ya‘ni barqaror rivojlanish uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti sharoitda iqtisodiy rivojlanishning
innovatsion mexanizmini hamda yangi strategiyasini ishlab chiqish va
shakllantirishda jahon amaliyotida o‘zini oqlagan tajribadan maksimal ravishda
foydalanish lozim degan fikr - mulohazalardan kelib chiqqan holda davlat
tomonidan qo‘llab - quvvatlashning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash mumkin.
Mamlakatimizning yangi innovatsion mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
-boshqarishning bevosita uslublarini qo‘llash hamda xalqaro tajribani
inobatga olgan holda yangi tashkiliy-iqtisodiy shakllarini yaratish;
-yangi tashkiliy-iqtisodiy shakllarni faol jalb qilgan holda FTT ni bilvosita
uslublar bilan tartibga solish va rag‘batlantirish;
-mahalliy hokimiyat darajasida ham xuddi shunday mexanizmni qo‘llash.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishning muhim obyektlaridan biri hisoblanadi. Shuning
uchun ko‘pchilik mamlakatlarda davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas qismi
hisoblanib kelgan (1.7-rasm). Buning sababi u muhim makroiqtisodiy
33
funksiyalarni hal etilishiga, jumladan, milliy iqtisodiyotni tarkibiy qismini
takomillashtirish; iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini ta‘minlash; ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish; bandlikni ta‘minlash; halol raqobat
muhitini yaratishga xizmat qiladi.
1.7-rasm.