Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Innovatsion menejmentning tarixi va rivojlanish



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə13/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

1.3.Innovatsion menejmentning tarixi va rivojlanish 
tendensiyalari 

Umumiy menejment fani uchun xos bo‘lgan asosiy nazariy qoida va


konsepsiyalarning evolyutsion taraqqiyoti innovatsion menejmentga ham
taalluqlidir. Innovatsion menejmentning rivojlanishida nisbatan mustaqil bo‘lgan
to‘rtta taraqqiyot bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin: omilli yondashuv,
funksional konsepsiya, tizimli va vaziyatli yondashuvlar.

1.6 - rasm.


Innovatsion menejmentning taraqqiyot bosqichlari 
19

Omilli yondashuv bosqichi uchun fan va texnikaga mamlakat iqtisodiy


salohiyatini rivojlantirishning muhim omillaridan biri sifatida qarash xosdir.
Sanoat sohasidagi IKlarning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishning doimiy
va ahamiyatli omillari ITTKI (ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlari)
bo‘lib kelgan. Fan xodimlari, moddiy - texnik baza, ilmiy uskunalar va axborot
fondlari IKdagi fan - texnika salohiyatining tarkibiy omillari sifatida baholangan.
Omilli yondashuv har bir tarkibiy omil uchun baholash mezonlarini hamda fan -
texnika sohasining miqdoran kengayishi bilan bog‘liq bo‘lgan ekstensiv rivojlanish
vositalarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Mazkur bosqich uchun xos bo‘lgan jihat
19
Барютин Л.С. Основы инновационного менеджмента. Теория и практика: Учебник; под ред. А.К.
Казанцева, Л.Э. Миндели. 2-е изд. перераб. и доп. — М.: ЗАО «Издательство «Экономика», 2012.-c. 137.



25
fan - texnika salohiyati sohasida chuqur tadqiqotlarni hamda amaliy


ishlanmalarning vujudga kelishi, uni baholash va rivojlanishini bashoratlashdir.
Innovatsion jarayonlarni boshqarish uchun moslashtirish borasida korrelyatsion va
regression bog‘lanishlar asosida tuzilgan statistik omilli modellar ustun bo‘lgan.
IKni boshqarish amaliyotida rejalashtirish va tashkil etishning ITTKI ga oid
mehnat sig‘imi, material va fond sig‘imiga, turli toifadagi xodimlar sonining
nisbatiga tegishli me‘yorlarga asoslangan normativ uslublar keng tarqalgan.
Funksional konsepsiyada innovatsion menejmentga boshqarish funksiyalari
va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarining birligi sifatida qaraladi.
Innovatsiyani boshqarish funksiyalarining har xil tamoyillarga asoslangan turlicha
tasniflari mavjud. Bunda boshqarish funksiyasi deganda boshqaruv faoliyatining
nisbatan alohidalashgan yo‘nalishlari tushuniladi. Ular innovatsion jarayonga,
innovatsiyalarni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish hamda bashoratlashga
boshqarish orqali muayyan ta‘sir o‘tkazishni amalga oshirish imkonini beradi.
Funksional konsepsiya innovatsiyalarni boshqarishda oqilona mehnat taqsimotiga,
boshqaruv bo‘g‘inlarining ixtisoslashuviga va qabul qilinayotgan har bir boshqaruv
qarorini
maqbullashtirishga
asoslangan.
Funksional
konsepsiya
uchun
innovatsiyalarni bo‘lim va xizmatlar haqidagi maxsus qoidalar, lavozim
yo‘riqnomalari, vakolatlar va majburiyatlar asosida boshqarishga tegishli amallarni
puxta reglamentlash (qat‘iy cheklash) xosdir. Funksional konsepsiya bosqichi
doirasida boshqaruvning har bir funksiyasida qaror qabul qilish jarayonlarini
iqtisodiy - matematik modellashtirish eng ko‘p tarqalgandir.
ITTKIni boshqarish amaliyotida IKning mavzuviy rejalarini, ishlarni taqvim
rejasini
shakllantirishning
optimizatsion
modellari,
jumladan,
tarmoqli
rejalashtirish uslublari, IKning tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish modellari
keng qo‘llangan. Ko‘p hollarda ushbu modellar tizimli xususiyatga ega bo‘lmagan
va innovatsiyani boshqarishning ayrim funksiyalari uchun lokal (mahalliy)
maqbullashtirish yechimini topish imkonini beradi.
Innovatsion menejmentga tizimli yondashuv IKlarga taraqqiyotning endogen
(ichki) va ekzogen (tashqi) omillarini hisobga olgan holda rivojlanishning



26
muayyan maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi


elementlardan tarkib topgan murakkab tashkiliy tizim sifatida qarashni ko‘zda
tutadi. Tizimli yondashuv boshqaruv qaroriga ta‘sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni
dinamik holda hisobga olishni va innovatsion muhitning rivojlanishidagi ichki va
tashqi tendensiyalar bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqishni ta‘minlaydi.
Innovatsion sohadagi hozirgi vaziyat innovatsion menejmentga bo‘lgan
an‘anaviy qarashlarning ahamiyatli darajada o‘zgartirilishini taqozo etadi, chunki
boshqaruv obyektining o‘zi ancha katta o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda.
Innovatsion jarayonlar uzlukli xususiyat kasb etmoqda, hal qilinayotgan
muammolarning majmuaviylik darajasi va ularning jadal o‘zgarayotgan tashqi
omillarga bog‘lanib qolishi kuchaymoqda.
Hozirgi sharoitda innovatsiyalarning muammolari haqida tasavvurlarning
o‘zgarib borishi innovatsion menejmentga vaziyatli yondashuvning rivojlanishini
ta‘minladi. Bunday yondashuv aniq innovatsion vaziyat uchun yuqorida sanab
o‘tilgan konsepsiyalardan har birining yutuqlarini birlashtiradi. Vaziyat deganda
IKning faoliyat ko‘rsatishiga yoki vaqtning muayyan davrida ma‘lum bir
innovatsion loyihani rivojlantirishga ta‘sir etuvchi omillarning qiymatlari majmui
tushuniladi. Vaziyatli yondashuv innovatsiyalar muvaffaqiyatining ichki va tashqi
omillarini tahlil qilish, xatti - harakatlarning mumkin bo‘lgan variantlarini
tizimlashtirish va yuzaga kelgan vaziyat uchun eng maqbul boshqaruv qarorlarini
birlashtirish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Ushbu boshqaruv konsepsiyasining
innovatsion menejment nazariyasiga qo‘shgan katta hissasi shundan iboratki, uning
tarkibida muayyan vaziyatlarda qarorlarni qabul qilishning aniq uslublarini
qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar mavjud. Vaziyatli yondashuv menejer uchun
menejment fanida ishlab chiqilgan va amalda qo‘llanilayotgan turli - tuman
vositalardan ijodiy foydalanish uchun katta imkoniyatlarni beradiki, bunda
vaziyatga mos boshqaruv usulini tanlaganlik uchun menejerga katta mas‘uliyat
yuklanadi. Innovatsion sohada yuz bergan vaziyatda menejerning faoliyati yuksak
ijodkorlikni, chuqur kasbiy tayyorgarlik va intuitsiyani talab qiladiki, bu mazkur
faoliyatni san‘at darajasiga ko‘taradi.



27


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin