50
va amalga oshiriladigan ishlar innovatsion siklining to‘liqliligi kabi obyektiv
omillarga bog‘liq.
Innovatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi innovatsion menejmentning g‘oyatda
dinamik, ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishlariga tez moslashuvchi
elementi hisoblanadi. Ko‘p hollarda bir IK doirasida innovatsiyalarni
boshqarishning bir nechta turdagi tashkiliy tuzilmalaridan foydalaniladi, texnika va
texnologiyalarning jadal rivojlanadigan yo‘nalishlari uchun dasturiy majmualar
yaratiladi, an‘anaviy mahsulot turlari uchun esa barqaror shtabli tuzilmadan
foydalaniladi. Innovatsion jarayonlarni tashkil qilishning turli shakllari tashkiliy
qarorlarni tayyorlash uchun real vositalar majmuini tashkil qiladi. Ular rasmiy yoki
norasmiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
2.3-rasm.
Dostları ilə paylaş: