61
7.Muvofiqlashtirishning innovatsion menejmentning markaziy vazifasi
sifatidagi turlari va rolini ta‘riflab bering.
8. Innovatsiya rivojiga qanday omillar ta‘sir qiladi?
9. Nima uchun tashkilotdagi ishchi bo‘limlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish
lozim?
10. Qanday omillar tashkilot o‘sishiga ta‘sir qiladi?
Jadval B/B/B
№
Mavzu savollari
Bilaman (+)
Bilib olmohchiman (?)
Bilib oldim
1
2
3
4
Blits -savollar
Guruh javobi
To‘g‘ri javob
Innovatsion menejment vazifalari va usullarining
xususiyatlari.
Innovatsion menejmentning vazifalari.
Innovatsion menejmentning kommunikatsiyalar
jarayoni.
Innovatsion menejmentda nazorat
Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinish
Keys Stadiyni yeching
―Honda‖ tashkilotining ―Yashil texnologiyasi ‖
―Honda‖- xalqaro og‘ir sanoat sohasida ishlovchi tashkilot, motosikillar ishlar
chiqarish bo‘yicha Yaponiyada birinchilardan, dunyoning mashhur avtomobil
ishlab chiqaruvchilar o‘ntaligiga kiradi.
―Honda‖ tashkiloti ekologik muammolar bilan 1960 – yildan beri
shug‘ullanib keladi. 1966 yilda avtomobillar ishlab chiqarish bilan bir paytda,
tashkilotda havo Ifloslanishini o‘rganish bo‘limi tashkil qilindi, «Honda»
zavodlarida esa suvni ikki marta tozalash texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi.
2006 yilda ―Honda‖ avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasidagi birinchi bo‘lib
206 - 2013 yillarda CO2 gazini kamaytirishga mo‘ljallangan programmasini e‘lon
qildi.
62
―Honda‖ tashkiloti ta‘kidlashicha: «Jamiyatning bir qismi bo‘lganimiz tufayli
tabiatni asrashni asosiy vazifalarimizdan hisoblaymiz, bizning tashkilotimiz
odamlar sog‘lig‘ini saqlash va tabiatni asrash uchun qo‘limizdan kelgan ishlarni
qilamiz. Faqat shundagina tashkilotimiz hamda butun dunyoni nurli kelajak
kutyotganiga kafolat bera olamiz.»
Bizning qiziqishlarimiz quyidagi prinsiplar orqali amalga oshiriladi:
1.Eski mahsulotlarni qayta ishlab chiqarish.
2.Mahsulotlarimizdagi atrof - muhitga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi moddalarni
miqdorini kamaytirish.
3.Tashkilotning har bir ishchisi atrof-muhitni saqlab qolishga o‘z hissasini
qo‘shadi.
4.Tashkilotimiz tomonidan tabiatga ko‘rsatiliyotgan ta‘sirni o‘rganib
chiqishga va uni kamaytirishga harakatqilamiz.
Bu qilinayotgan ishlarning misoli sifatida 2012 yilda ishlab chiqarilgan
quyosh batareyalarda ishlovchi avtomobilni aytsak bo‘ladi.
40
Savollarga yozma javob bering:
-―Honda‖ tashkiloti haqida nimalarni bilasiz?
-―Honda‖ning yashil texnologiyasi bu nima?
-Nima uchun ―Honda‖ tabiatni asrashga ahamiyat beradi?
-Guruhlarga bo‘linib ―Honda‖ tashkiloti atrof- muhitni muhofazasi uchun
qilgan ishlari haqida ma‘lumotlar to‘plang.
“
IKEA” korxonasining strategik faoliyati
1940 yilda shved Ingvar Kamprad tomonidan asos solingan korxona, hozirda
eng katta uy jihozlari ishlab chiqaruvchiga aylangan. Ingvar Kamprad
ta‘kidlashicha har bir biznes o‘zining ildizlari bilan bog‘lanib turishi kerak. Shunig
uchun ham har bir hodim korxona yaratilish tarini biladi. Asosiy shtabi Elmxult
nomli qishloqda joylashgan, bu yerda 1953 yilda birinchi ustaxona ochilgan. Bu
40
http://www.ibscdc.org/ IBS Case Development Centre
63
qishloqda korxona muzeyi ham joylashgan. ―IKEA‖
uchun korxona tarixi yorqin
kelajak poydevoridir.
Jahon bozoriga chiqishda ―IKEA‖
mahsulotlarni sotish qoidasiga rioya
qilmadi. Ular Ingvar Kampard g‘oyasi asosida ish yuritishdi, ya‘ni korxona yangi
qo‘shma korxonalar ochish uchun mahsulotning asosiy assortimentini sotishi
kerak edi. Bundan tashqari korxona faqatgina mahsulot ishlab chiqarishni o‘ylardi,
mijozlar ehtiyoji o‘rganilmasdi. Hatto reklama roliklarida ham o‘zining
an‘analarga sodiq qolib shved ranglari : ko‘k va tillarangni jihozlarda qo‘llashar
edi.
Mahsulot sotish qoidalari boshqacha bo‘lishiga qaramay 1974 – 1997 yillar
ichida do‘konlar soni 10 tadan 138 taga oshdi, daromad esa $210 mln. - $6 mlrdga
oshdi.
―IKEA‖ korxonasining omadi shundan iboratki u sifatli mahsulotlarni arzon
narxda taqdim qiladi.
―IKEA‖
ta‘minotchilar guruhini tashkil qilgan, hozirga
kelib ularning soni 2400ga yetdi
.
―IKEA‖
ta‘minotchisi uzoq vaqtli shartnoma,
texnik yordam va jihozlarga ega bo‘ladi. Buning evaziga ―IKEA‖
shartnoma va
pas narxni talab qiladi. ―IKEA‖
mahsulotlar assortimenti 10 000 yetgan. Ko‘pgina
jihozlar mijozlar o‘zlari yasashiga mo‘ljallangan. Korxona do‘konlar o‘lchami va
u yerda sotilayotgan mahsulotlar soni ko‘pligiga yutib chiqadi. Bu ―IKEA‖ga
mahsulotlarni 30% arzonroq sotishga va 7% daromad olishga yordamberadi
.
2015 yilning oxirida ―IKEA‖
korxonasidagi ishchilar soni - 155 000ta.2015
yildagi daromad €31,9 mlrd.ni tashkil qildi.
Savollarga javob bering:
- ―IKEA‖ korxonasining jahon bozoridagi strategiyasi haqida so‘zlab bering?
-Hozirgi kunda korxona qanday natijalarga erishdi?
-Korxona bunday omadga erishishi nimaga bog‘liqdir?
41
41
http://www.ibscdc.org/ IBS Case Development Centre