59
qisqa muddatli daromad olish niyatida bo‘gan tashkilot uzoq muddatli
investitsilarga qiziqmaydi, masalan innovatsiyalarga qilingan investitsiyalar.
Innovatsiyalarga investitsiyalar 1yildan ko‘p vaqt oladi va katta miqdordagi
mablag‘ni talab qiladi. Shuning uchun ham uzoq muddatli reja tuzuvchi
tashkilotlar innovatsion mahsulot ishlab chiqarishga qiziqishadi.
-innovatsiyalar sohasidagi tajriba. Agar tashkilot oldin ham yangiliklar bilan
shug‘ullangan bo‘lsa, ishchilar innovatsiya sohasida tajribaga ega hisoblanadi.
Tajriba deb innovatsion menejment sohasida yeg‘ilgan tajriba va mahoratlar,
izlanish tajribasi, biznes – reja tuzish tajribasi tushuniladi.
-tashqi tahlikalarga ahamiyat bermoq.Biz globalizatsiya vaqtida yashayapmiz,
ya‘ni davlatlar o‘rtasidagi chegaralar yuvilib ketmoqda, chet el tashkilotlari bilan
aloqalar o‘rnatilmoqda, dunyo bozoriga chiqish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.
Shunga qaramay biznes turli xil tashqi tahlikalarga duch kelmoqda masalan,
siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, texnologik va huquqiy. Nafaqat yangi
mahsulot bilan shug‘ullaanib balki tashqi tahlikalarni inobatga oluvchi tashkilot
xatarlarni kamaytira oladi.
-texnologiyalar saviyasi yangi mahsulot ishlab chiqarishdagi hissasi.
Anchadan beri texnologiyalar va ularning saviyasi innovatsiyalar sohasida asosiy
omil hisoblanadi. Masalan, agar tashkilot yangi innovatsion fikrga, ishchilarga ega
bo‘lsa ammo texnologiyalar saviyasi pas bo‘lsa, bunday tashkilot o‘z fikrini hatto
ishlab chiqarishga olib chiqolmaydi. Bundan hulosa kelib chiqadiki internet va
texnologiyalar davrida tashkilot ko‘proq yangi va zamonaviy jihozlar sotib olishi
lozim.
-turli xil bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlik. Innovatsion mahsulot ishlab
chiqarishni ko‘pincha izlanish va ishlab chiqarish bo‘limlari bilan bog‘lashadi,
lekin tashkilot yangi mahsulot ishlab chiqariyotgan guruhni turli xil tarzda tuzishi
mumkin. Masalan ba‘zi tashkilotlar har xil bo‘lim ishchilaridan iborat, ya‘ni
marketolog, moliyachi va boshqa bo‘lim ishchilaridan, guruhlar tuzadi. Ikkinchi
usul bu yangi mahsulotni yaratishni bitta hodimga topshirish, u hodim esa o‘zi
birga ishlash uchun guruh yeg‘adi. Asosiysi qanday usuldan foydalanib bo‘lsa ham
60
har bir hodimni imkoniyatlarini inobatga olib tuzulgan guruhlar muvaffaqiyatli
hisoblanishadi.
- qabul qilish.Texnologiya albatta asosiy omil, lekin tashkilotda yangi
mahsulotlarini tekshiradigan menedjer bo‘lishi lozim. Bunday menedjer
tashkilotni turli xil yangiliklar bilan ta‘minlab boradi, bu esa
raqobatbardoshlik oshishiga yordam beradi.
- yangiliklar yaratish uchun imkoniyatlar
Innovatsiya yaratish uchun yangi va noyob fikr kerak, bunday fikrlarni
yaratish bilan esa menedjer shug‘ullanadi. Bunday menedjer va uning bo‘limi
―Qanday qilib insonlar ehtiyojlarini qondirish? Qanday qilib mijozlarni hayron
qoldirish mumkin?‖ degan savolga javob izlashadi. Bu savolga javob sifatida yangi
mahsulot ishlab chiqarish va undan tushadigan katta daromad bo‘lishi mumkin.
- innovatsiyalar strategiyasi.Innovatsiya yaratish uzoq vaqtni oladi, ya‘ni bir
yildan bir necha yilgacha. Menejment sohasida uzoq vaqtga tuzilgan reja strategic
deb ataladi, bunday maqsadlar bilan yuqori malakali menedjerlar shug‘ullanishadi.
Strategic rejalashtirishga ahamiyat beruvchi tashkilotlar xatardan xoli bo‘ishadi va
daromadini oashira olishadi.
39
Innovatsiyalar rivojlanishi tashkilotlarga katta mablag‘ olib keladi. Shuning
uchun ham innovatsiyalar rivojlanoshiga ta‘sir etuvchi omillarni e‘tiborsiz
qoldirish kerak emas.
Dostları ilə paylaş: