Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Yangilik kiritishlar institutsional tuzilmasidagi xatarli



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə34/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Yangilik kiritishlar institutsional tuzilmasidagi xatarli 
sarmoyalar
42

Kelajakdagi innovatsion tashkilotlarning rivojlanish qonuniyatlari XXI asr


iqtisodiyotini tadrijiy-institutsional iqtisodiyot kabi tavsiflash imkonini beradi.
Avtonom bo‘linmalarni, bozorga xos raqobat munosabatlarining mustaqil
ishtirokchilarini birlashtirish usullari serqirra va yuksak samaralidir. Bu holat shu
bilan izohlanadiki, markazlashtirilgan boshqaruv va bozor mexanizmi o‘zaro bir-
birini to‘ldiradi va sa‘y-harakatlarning birlashuvi natijasida sinergetik samarani
vujudga keltiradi. Markazlashtirilgan model yangi bozor va yangi sohalarga kirib
borishda katta samara bergani holda tor ixtisoslashuv uchun markazlashtirilmagan
modelni qo‘llash afzalroqdir.
42
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
Bozor institutlаri
Moliya institutlаri
Yangi korхonаlаrni
tаshkil qilish
Institutsionаl sаrmoyadorlаr
Univеrsitеtlаr
Аkаdеmik mаrkаz
Yirik korporаtsiyalаr
Yangi tuzilmаlаrni
tаshkil qilish
Bozorning tuzilishini
o‘zgаtirish
Foydаni shаkllаntirish, uni
qаytаdаn moliyalаshtirish
vа h.k
Vеnchurli
sаrmoyadorlаr
Innovаtsion biznеsning egаlаri,
ijrochilаri



67
3.2.Kompaniyaning har tomonlama rivojlanish strategiyasi 


Innovatsion
tashkilotning
tizim
sifatidagi
evolyutsiyasi
uning
diversifikatsiyalash qobiliyati bilan uzviy bog‘liqdir. Aynan diverfikatsiyalash
firma ichidagi va firmalararo intergratsiyalashuv jarayonlarining kamchiliklarini
o‘rnini to‘ldiradi. Individuallashgan turli-tuman bozor talabini qondirishga bo‘lgan
munosabat sifatidavujudga kelgan diversifikatsiyalash jarayoni dastlab tovar
turlariga va mahsulotlarning turli-tumanlik samarasiga asoslangan. Innovatsion
tashkilotda diversifikatsiyalash qobiliyati birinchi galda tashkilotdagi ichki
o‘zgarishlar:
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
ko‘pgina
maqsadlarda
foydalanish,axborotlar, bilimlar, nou-xaularni firma ichida bir ishlab chiqarishdan
boshqasiga uzatish (transfertlash) bilan bog‘liqdir.
Tashkilotning turli shakllardagi diversifikatsiyalashga bo‘lgan qobiliyati
muhim tarmoqlar, texnologiyalar, mahsulot turlari asosida shakllanadi.
Diversifikatsiyalashning innovatsion tashkilotdagi xususiyatlari innovatsion
taraqqiyotning yYetakchilari bo‘lgan turli tarmoqlarning yangi texnologiyalarga va
yuksak texnologiyali ishlab chiqarishga tayanishidir. Bunday yondashuv
mahsulotning raqobatbardoshligini saqlab turish va yangi raqobat afzalliklarini
yaratishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Qoida bo‘yicha bir tarmoqning imkoniyatlaridan foydalanishda yetarli
darajadagi daromad me‘yoriga ega bo‘lgan firma diversifikatsiyalashni
o‘tkazmaydi. Bunda uning o‘sish salohiyati pasaya boshlaydi. Ammo bozor
to‘yinib, o‘sish istiqbollari toraygani va yangi texnologiyalar vujudga kelgani sari
yirik tashkilotlar tarmoq doirasidan tashqariga chiqib, innovatsiya asosidagi
tabaqalashgan mahsulotlarni taklif qiladilar. Shunda korporatsiyaning o‘zi
ko‘pgina bozorlarning fan sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishlar va investitsion
oqimlar o‘rtasidagi aloqalarning markaziga aylanadi.
Yangi ishlab chiqarishlar va yangi tarmoqlarning ―yadrosi‖ raqobatchi
tuzilmalarni yaratadi, ilmiy tadqiqot ishlanmalariga yirik investitsiyalarni amalga
oshiradiki, buning natijasida sotuv hajmining maksimallashuvi yuz beradi.



68
Diversifikatsiyalash jarayoni firmaning ichidan (yaponcha yo‘l) yoki tashqarisidan


– firmalarning qo‘shilib ketishi, sotib olinishi (amerikacha yo‘l) natijasida
boshlanishi mumkin.
Diversifikatsiyalanmagan kompaniyada bozorning o‘sish sur‘atlarga hamda
firmaning raqobat borasidagi pozitsiyasiga bog‘liq ravishda to‘rtta strategik vaziyat
yuzaga kelishi mumkin.
3.2. - rasm.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin