58
Yangiliklarni ishlab chiqishning keyingi tadbirlari, g‘oyalarni vujudga kelishi
ratsional xarakterga egaligiga qaramasdan, yangiliklarni individuallik va
yaxlitlikning sintezi sifatida tushungan holda, aql
yetmaydigan farosatni talab
qiladi. Kreativ menejer yangiliklarni bundan keyingi ishlab chiqilishi haqidagi
qarorni qabul qilishda e‘tiborni keyingi amaliy tadqiqotlardagi sabab – oqibat
aloqalari va ratsional – mantiqiy xarakterga jamlashi kerak. Innovatsion menejer
uchun ilmiy faoliyat jarayonida takrorlanmaydigan
va yagona yangilikning
tahlilidan standartli qarorlar qabul qilishning takrorlanadigan tadbirlarni o‘rganish
va amal qilishga mantiqiy o‘tish muammosi vujudga keladi. Bu innovatsion
menejmentda qabul qilinadigan qarorlarning farosatli noyobdan to qat‘iy
ratsionalikkacha bo‘lgan keng turli tumanliklari bilan izohlanadi.
Asosiy qarorlar menejerning innovatsion menejmentning vazifalari ichidagi
huquqlari, vakolatlari doirasida qabul qilinadi. Masalan, Innovatsion loyihani
rejalashtirish vazifasi o‘z ichiga yangilikning taklif qilinayotgan
loyihasini tahlil
qilish va baholash, loyihani mavzuli rejaga kiritish, loyihani amalga oshirish
bo‘yicha ishning jadvali
va tarkibini va tarkibini, loyiha bo‘yicha xarajatlar,
loyihaning jamoasi va pudratchilar, yetkazib beruvchilarning tarkibini tasdiqlash
va h.k, loyihani ta‘minlash
uchun moliyaviy oqimlarni, sarmoyadorni qidirib
topish, loyihani amalga oshirish rejasini qabul qilishni oladi.
Dostları ilə paylaş: