65
3-BOB. INNOVATSION FAOLIYATNING TASHKILIY SHAKLLARI
3.1.Yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va har tomonlama
rivojlanish jarayonlari.
3.2.Kompaniyaning har tomonlama rivojlanish strategiyasi.
3.3. Innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakllari.
3.4. Innovatsion markazlar.
3.5. Yangi mahsulot ishlab chiqarishning
yettita bosqichi
3.1.Yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va har tomonlama
rivojlanish jarayonlari
Yangi tipdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va diversifikatsiyalashning
o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlaridan keng foydalanilmoqda.
Vertikal
integratsiyalashuv yoki oldingi bosqichlar bilan kombinatsiyalash yagona tashkilot
doirasida hamda doimiy kontraktlar negizida tashkil etilishi mumkin.
Intergatsiyalashuv kompaniyaning ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini
faollashtirishga qaratilgan.
Aralash korporativ- bozorli asosda bir tomondan innovatsion sikldagi barcha
bo‘g‘inlarning integratsiyalashuviga asoslangan,
ikkinchi tomondan esa
innovatsion biznesning alohida firma, korxona va boshqa tashkilotlar faoliyatining
o‘zaro hamda bozor iqtisodiyotining institutlari bilan muvofiqlashuvi va birdamligi
konsolidatsiyasining mexanizmlarini yaratishga asoslangan doimiy yoki vaqtincha
tipdagi yangi tashkiliy tuzilmalar shakllanmoqda.
Bunday
firmalararo integratsiyalashuvning o‘ziga xosligi sheriklar
faoliyatining tashqi muhitga maksimal darajada moslashuvi va zarur
konsolidatsiyasi hamda vaziyatga mosligidadir. U iqtisodiy
tashkilotning oraliq
shakllari tipidagi tashkiliy tuzilmalarda o‘zining eng yuksak qiymatiga erishuvchi
sinergetik samara bilan tavsiflanadi. Bunday tashkilotning bir qismi institutsional
tarkibiy elementlarni o‘z ichiga oladi. O‘zaro integratsion-tarkibiy ta‘sirlashuvning
eng ilg‘or shakllari moliyaviy-sanoat guruhlarida hamda yangi innovatsion
66
tadbirkorlik sohalarida vujudga keladi. Integratsion - tarkibiy konsolidatsiyalashuv
mexanizmi venchurli tadbirkorlikda to‘laroq ro‘yobga chiqqan.
Kelajakning innovatsion jarayoni uchun ko‘p
sonli moliyaviy, bozorga
tegishli, ilmiy va davlat institutlari bilan integratsiyalashgan venchur kapitalga
tayanish xosdir. Innovatsion faoliyatning institutsional
tuzilmalaridagi xatarli
sarmoyalarni taqsimlanishi 3.1-rasmda keltirilgan.
3.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: