51
reglamentlovchi me‘yoriy xujjatlar, shartnoma va qoidalar bilan mustahkamlanadi.
Innovatsion menejmentning ahamiyatli xususiyatlaridan biri shuki, unda norasmiy
holda tashkil qilish muhim o‘rin tutadi. Norasmiy tashkil qilishga innovatsion
loyihalarni bajarish jarayonida innovatsiyalarning noaniqlik xususiyatiga ega
bo‘lgani tufayli innovatsion loyihalarni bajarish jarayonida kishilar va tuzilmalar
o‘rtasidagi vujudga keladigan munosabatlar kiritiladi.
Innovatsiyalarni tashkil qilishga innovatsion korxonaga tashqi muhit, ya‘ni
universitetlar, ilmiy tashkilotlar, iqtisodiyot maktablar va boshqa shunga o‘xshash
tashkilotlar o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Lekin innovatsion jarayonga ta‘sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud: davlat
tomonidan o‘tkazilayotgan innovatsion siyosat, qonunlar, infratuzilmalar,
moliyaviy muassasalar, raqobatdoshlik saviyasi... Bularning hammasi innovatsion
jarayonni tashkil qilishda muhim o‘rin tutadi.
33
Innovatsion sohadagi muhim ilmiy va amaliy natijalarga olimlar va
mutaxassislar o‘rtasidagi norasmiy muloqot va hamkorlik qilish, ilmiy maktab va
harakatlarni rivojlantirish, forumlar, simpozium va ilmiy anjumanlarni o‘tkazish
jarayonida erishish mumkin. Innovatsiyalarni norasmiy tarzda tashkil etishning
yangi imkoniyatlari zamonaviy axborot texnologiyalari va global xalqaro axborot
tizimlarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: