46
boshqaruv faoliyatining predmet sohalarini ajratib ko‘rsatadi. Muvaffaqiyatli
menejment har qanday innovatsion tuzilmada quyidagi asosiy (predmetli)
vazifalarning amalga oshirilishini ko‘zda tutadi: maqsadlarni shakllantirish,
rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish.
2.1-jadval
Innovatsion menedjmentning predmetli vazifa turlari
30
Innovatsion
menedjmentning vazivalari
Strategik
Funksional
Prognoz
Strategik o‘sish va
rivojlanish
Yangi mahsulot
chiqarish
Rejalashtirish
Yangi sohalarni egallash
Mahsulotni
raqobatdoshligini va
sifatini oshirish
Tashqi muhitni tahlil
qilish
Siyosiy va iqtisodiy
o‘zgarishlarni tahlil qilish
Raqobatlarni tahlil
qilish
Ichki muhitni tahlil qilish
Tashkilotni
raqobatbardoshligini tahlil
qilish
Mahsulotni ishlab
chiqaruviga ta‘sir qiluvchi
omillarni tahlil qilish
Qaror turlari
Tashkilotni rivojlantirish
bo‘yicha strategik qarorlar
Yangilik ishlab
chiqarish bo‘yicha operativ
qarorlar
Motivatsiya
Tashkilotni rivojlantirish
Mahsulotni va ishlab
chiqarishni sifatini oshirish
Nazorat
Tashkilotni vazifasini
bajarish
Ishlab chiqarishni
nazorat qilish
Innovatsion menejmentning ta‘minlovchi vazifalari korxonada predmetli
vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqaruv jarayoni va
vositalari (instrumentlari) ni o‘z ichiga oladi. Ularga menejmentning ijtimoiy-
ruhiy va texnologik yoki protsessual vazifalarini kiritish mumkin. Menejmentning
ijtimoiy-ruhiy vazifalari asosan jamoadagi ishlab chiqarish munosabatlarining
xususiyatlari bilan bog‘liq. Ularning tarkibida ikki xil turdagi vazifalar mavjud:
vakolatlar berish va motivatsiyalash.
30
Алексеев, А. А.Инновационный менеджмент : учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / А.
А. Алексеев. — М. : Издательство Юрайт, 2014. - C.247.
47
Vakolatlar berish innovatsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha ishlarni va
ularni amalga oshirish uchun mas‘uliyatni boshqaruv apparati xodimlari o‘rtasida
oqilona taqsimlashga qaratilgan boshqaruv qarorlari majmuini o‘z ichiga oladi.
Motivatsiyalash samarali hamda unumli individual va jamoaviy mehnat
qilishda tashkilot xodimlari uchun axloqiy va moddiy rag‘batlar tizimini yaratishni
ko‘zda tutadi. Shuningdek, u tashkilot xodimlarining kasbiy saviyasi va
karyerasining o‘sish imkoniyatlarini yuksalishini rejalashtirish, tashkil etish va
ta‘minlashni ham nazarda tutadi.
Boshqaruv
apparatiga
nisbatan
menejmentning
ijtimoiy–psixologik
vazifalarini qo‘llashda innovatsiyalarni boshqarish vositalari va usullarining o‘ziga
xos tizimi shakllantiriladi.
Menejmentning protsessual vazifalaridan iyerarxiyaning har qanday
darajasidagi menejer mehnatining mazmunini tashkil qiluvchi ikki faoliyat turi:
qarorlar va kommunikatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra
menejmentning protsessual vazifalari uning predmetli va ijtimoiy–ruhiy
vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositalari hisoblanadi.
2.2-rasm.
Dostları ilə paylaş: