Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Innovatsiyalarni boshqarishning konseptual modeli



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə74/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

6.5.Innovatsiyalarni boshqarishning konseptual modeli: 
bozorga mo„ljallanganlik 

Konseptual yondashuv yetakchi yondashuvni, boshlanishiga mo‗ljallashni va


ma‘lum ustuvorliklarga innovatsion jarayonlarni amalga oshirishni anglatadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaraliligini oshirishda innovatsiyalar, ilmiy-texnik
yutuqlar natijalarining o‗rni va ahamiyati hammaga ma‘lum. Ijtimoiy ishlab
chiqarishning samaraliligining 70%dan ortig‗i texnik omillar – mahsulot,
texnologik yangiliklar va b.lar hisobiga ta‘minlanadi.

95
Innovatsiyalarni tatbiq qiladigan korxonalar oldida innovatsion jarayonlarni


oldindan aniqlab beruvchi bir qator masalalar yuzaga keladi. Ularga quyidagilar
kiradi:
-korxonada (ilmiy tadqiqotlar bo‗linmalari va ishlab chiqaruvchilari
tomondan) innovatsion jarayonning hamma vazifalari va bosqichlari hal etilishi
hamda bajarilishi mumkinmi?
-innovatsion ishlarning qaysi ulushi boshqa tashkilotlar romonidan bajarilishi
mumkin?
95
Молчанова О.П. Инновационный менеджмент: Учебник для вузов.; М.: Вита-Пресс, 2011.-C. 99.



168
-belgilangan maqsadga litsensiyalar sotib olish, nou-xau orqali bajarish


yanada samaraliroq bo‗lmaydimi?
-innovatsion ishlarga xarajatlar ishlab chiqarish yoki marketingga bo‗lgan
umumiy sarf-xarajatlarga nisbatan yanada yuqori samarani ta‘minlaydimi?
-ishlab chiqarish va marketingga ketgan sarf-xarajatlar agar korxona
(tashkilot)ning qisqa muddatli rejasida samarali bo‗lsa, uzoq istiqbolli rejasida ham
uning ishining samarali bo‗lishini kafolatlaydimi?
Agar yangiliklar kiritish (innovatsiyalar)ning turlari ko‗pligini hisobga olsak,
bu savollarga javoblar yanada murakkablashib ketadi. Bu masalalarni kompleks
ko‗rib chiqqanimizda yoki ularning har qanday ko‗rinishida ma‘lum bir
ustuvorliklarga asoslangan aniq konsepsiya bo‗lishi kerak. Bugungi kunga qadar
Rossiyada innovatsiyalarni boshqarishning barcha darajalari (federal, hududiy,
tarmoq, institutsional)da innovatsiyalarning mahsulotga yo‗nalganligi ustunlik
qilgan, ya‘ni yangi narsani ishlab chiqarishni mo‗ljallash.
Kirish Chiqish

6.7-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin