Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditni rejalashtirish va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/23
tarix13.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#175244
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
 
3.2.Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditni rejalashtirish va 
dasturini tuzish. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditning rejasi va dasturini tuzishda 
iqtisodchi olimlarning fikrlariga tayanamiz. 
Mamatov Z.T auditni rejalashtirish jarayonini quyidagicha ta’riflaydi: 
«auditni rejalashtirish – auditorlik tekshiruvi hajmi, auditning umumiy rejasini 
tuzish, auditorlik ish rejalari va aniq auditorlik tadbirlarini ishlab chiqishni o’z 
ichiga oladigan auditning muhim bosqichlaridan biridir». 
Musaev H.N.ning qayd etishicha esa, «…auditning rejalashtirilishi ushbu 
jarayonning muhim tarkibiy qismi bo’lib, o’z ichiga auditorlik tekshiruvining 
umumiy hajmini aniqlash, audit dasturini tuzish, auditda qo’llaniladiga usullarni 
belgilash, tekshirish muddatlari, ko’rsatiladigan xizmatlarni va audit xatarini 
aniqlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi». Ushbu ta’rif auditni rejalashtirish 
jarayonini to’liq yoritib bera olmaydi. Unda auditni rejalashtirishda tekshiruv 
uchun zarur ma’lumotlarning xususiyatlari, audit muhimligi va xatari darajasini 
baholash kabi jihatlarga etarlicha e’tibor qaratilmagan. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarida auditni tashkil etish va rejalashtirish bosqichlarini quyidagicha 
tasvirlash maqsadga muvofiqdir. 
Har bir korxonada bo’lgani singari xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda ham 
auditning o’tkazilishi bu ijobiy holdir. Chunki xizmat ko’rsatuvchi korxonalar 
ham mustaqil sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Barcha auditorlik korxonasi 


54 
o’zining mijozini tekshirishdan oldin u haqida ko’proq ma’lumotga ega 
bo’lishga harakat qiladi. Bu borada auditor mijoz korxona qaysi sabablarga 
ko’ra auditor xizmatiga murojaat qilayotganligini aniqlashi lozim. Auditorlik 
tashkiloti yana tekshiruv o’tkazish uchun xodimlar jadvalini shakllantirishi, 
mijoz bilan shartnoma tuzishi lozim. 


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin