22
auditorlik firmalarining mavqeini oshirish va audit xizmati bozorini
rivojlantirishga imkon yaratadi.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
auditorlik firmasi huquq va majburiyatlarini, shuningdek auditorlik tekshiruvini
o’tkazish tartibini ifodalaydi. Jumladan bu qonunning 9-moddasiga ko’ra,
«auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning
to’g’riligi va qonun hujjatlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy
axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir»
5
.
Dostları ilə paylaş: