33
xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatilishi, boshqa korxonalar tarkibiga
qo ‘shilishi va qonun hujjatlarida ko‘ zda tutilgan boshqa holatlarda.
Savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalarining
tovarlarini sotishdan
olingan daromadlari 21-son BHMSga muvofiq 9020 ‘Tovarlarni sotishdan
olingan daromadlar schyotining kredit aylanmasidan 9040“Sotilgan tovarlarning
qaytarilishi va 9050 "Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar'' debet
aylanmalari summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi.
-9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»;
-9350 «Qisqa muddatli ijaradan olingan daromad»;
9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarilishidan
olingan daromadlar»;
9390 - «Boshqa operatsion daromadlar».
Xarajatlar hisobini yuritish.
Savdo
korxonalarida
sotish
tannarxiga
kiritilgan xarajatlar deganda sotilgan tovarlar tannarxini tashkil qiluvchi
xarajatlar tushuniladi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash tartibi ulgurji savdo va chakana
savdo korxonalarida bir-biridan farq qiladi.
ulgurji savdo korxonlarida tovarlar sotib olish tannarxi bo‘yicha uzluksiz tizim
asosida hisobga olinishi sababli sotish tannarxiga kiritilgan
xarajatlarni har bir
sotish bo‘yicha aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Schot-fakturalar asosida
sotilgan tovarlarni ombor mudirlari javobgarligidan sotib olish qiymati
(tannarxi)da chiqariladi hamda unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi»
Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar».
Savdo korxonalari faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi
foyda (zarar)lar ko'rsatkichlari boshqa turdagi korxonalardagidek «Mahsulot
(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq aniqlanadi. Faqat, har
bir foyda ko‘rsatkichini topishda bevosita savdo faoliyatiga doir ko‘rsatkichlar
asos qilib olinadi. Chunonchi, savdo korxonalarida tovarlarni sotishdan olingan
34
foyda(Fs) yoki zarar(Zs) sof tushumdan (St) sotilgan tovarlar tannarxini (S)
ayirish orqali topiladi.
Savdo korxonalarida soliq to’lovlarining hisobini tashkil etish.
Savdo korxonalarida yagona soliq to’lovining ob’ekti yalpi tushum
hisoblanadi. Savdo korxonalarining yalpi tushumi o’z ichiga quyidagilarni
oladi:
1)tovarlarni realizatsiya qilishdan sof tushum, ya’ni sof tovar
aylanmasi;
2)asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Dostları ilə paylaş: