partiyalar yoki ularning nomlari, navlari, kelib tushish baholari bo’yicha
saqlanadi. Ushbu belgilariga qarab tovarlarning ombor hisobi partiyali va navli
usullarda yuritilishi mumkin.
Savdo korxonalarida tovarlarning kirimini hisobini yuritish. Ulgurji savdo
korxonalarida 21-son BHMS ga muvofiq tovarlarning omborlarga kirimining
sintetik hisobi ikki usulda olib borilishi mumkin.
1-usul. Omborlarga kirim qilingan tovarlarni bevosita 2910 «Omborlardagi
tovarlar» schyotida hisobga olish usuli. Ushbu schyotda tovarlar uzluksiz hisob
tizimi asosida sotib olish baholarida aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq
tovarlarning tannarxiga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati
va sotib olishga doir barcha qo’shimcha xarajatlar kiritiladi.
2-usul. Tovarlarni sotib olinishini maxsus schyotda, ya’ni 1510 «Tovar-
moddiy boyliklarni sotib olinishi» schyotida hisobga olish usuli. Ushbu schyotda
tovarlar uzluksiz hisob tizimiga muvofiq sotib olish baholarida, ya’ni tannarxi
bo’yicha aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning tannarxiga
ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir
barcha qo’shimcha xarajatlar kiritiladi. Sotib olishga doir barcha xarajatlar oldin
1510 «Tovar-moddiy boyliklarni sotib olinishi» schyotida to’planadi va tovarlar
omborga kirim qilingach ushbu schyot 2910 «Ombordagi tovarlar» schyotiga
yopiladi.
Tovarlar sotilishi va boshqa chiqimlarning hisobini yuritish. Savdo
korxonalari tovarlarni o’zlarining distribyutorlariga, shuningdek boshqa
tovarlarni o’z xo’jalik maqsadlarida foydalanuvchi tashkilot va muassasalarga
tuzilgan shartnomlar asosida kelishuv baholarida yirik va mayda partiyalar bilan
naqd va naqdsiz pulga hisob-kitoblar asosida sotadilar.