Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


AMALIYOT DAVRIDA BAJARILADIGAN TOPSHIRIQLAR JADVALI



Yüklə 455,49 Kb.
səhifə2/14
tarix20.09.2023
ölçüsü455,49 Kb.
#145803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 курс учун АМАЛИЁТ

AMALIYOT DAVRIDA BAJARILADIGAN TOPSHIRIQLAR JADVALI



Amaliyot davomida bajariladigan ishlar

Haftalar taqsimoti

Haftalar soni

Haqiqiqatda kun,sana,yil


Korxona tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish

1 hafta





Korxona me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishish, o’rganish

2 hafta





Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish

3 hafta





Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holati va rentabelligini o`rganish va tahlil qilish

4 hafta





Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish

5-6-hafta





Кorxonadagi mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlarini o’rganish

7 hafta






*Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan masofaviy muloqot qilgan holda, har shanba kuni o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlashi kerak.


Institutdan tayilgan rahbar ______________________ _______
(nasl nomasi va ismi) (imzo)

Amaliyot o’tash joyidan tayinlagan rahbar ___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


1-mavzu. Korxona tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish
Bank – bu kredit-moliya muassasasi, boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi.
Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida iqtisodiy o’zgarishlarni chuqurlash, paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarga bank xizmatlarini yaxshilash, ushbu sohada hisob-kitoblarning yangi shakllarini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 27-iyul 1995-yildagi 294-sonli qaroriga binoan Respublikaning AT “O’zagrosanoatbanki” asosida ixtisoslashgan AT “Paxtabank” tashkil qilindi. 30-mart 2009-yilda O’zbekiston Respublikasi 1-prezidentining 1084-sonli qarori bilan “Paxtabank” aktsiyadorlik tijorat banki “Agrobank”(keyingi o’rinlarda Bank deb ataladi) aktsiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Agrobank” ATB ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilindi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar bo’yicha, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’lari saqlanishi va o’z vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi talablar bo’yicha “Paxtabank” ATB ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.

Yüklə 455,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin