Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish



Yüklə 455,49 Kb.
səhifə6/14
tarix20.09.2023
ölçüsü455,49 Kb.
#145803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 курс учун АМАЛИЁТ

3-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish
Front-ofis — bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi. Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig‘i hamda bank ichki faoliyati bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan iborat;
Yakuniy nazorat — amaliyot kun tugagandan so‘ng, keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter va Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bajarilgan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat;
Bek ofis — bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgaltyerlar guruhi.Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan o‘tkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi. U, mijozlar operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis bilan, bankning ichki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bo‘ladi.Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u o‘z navbatida bank rahbariga bo‘ysunadi;
Dastlabki nazorat — Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;

Yüklə 455,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin