Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
4-mavzu. Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holati va rentabelligini o`rganish va tahlil qilish Shuningdek, milliy reyting agentligi hisoblanmish “Ahbor-Reyting” tomonidan Agrobankning faoliyati natijalari milliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi bilan baholandi.
O‘tgan hisobot yilida bank tomonidan agrar kompleksni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarga 2 trln. 464 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 37 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Mamlakatning makroiqtisodiy rivojlanish va bank sektorining tahliliy ko‘rsatkichlari
Joriy yilning yanvar'-sentyabr' oylari davomida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 627,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,8 foizni tashkil etdi.Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan o‘sish sur'atlari yalpi ichki mahsulot o‘sishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Jumladan:
-qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘sish sur'ati 103,6 foiz;
-sanoat – 105,3 foiz;
-qurilish – 106,3 foiz;
-xizmatlar – 107,9 foiz;
-savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 108,8 foiz;
-tashish va saqlash, axborot va aloqa – 113,5 foiz;
-boshqa xizmat tarmoqlari – 106,0 foizni tashkil qildi.
2022 yilning 3 choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sof oltin-valyuta rezervlarining hajmi yil boshiga nisbatan 4,7 foizga kamaydi va 33,6 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etdi. Ichki bozorda narxlarning o‘sish sur'atlarini sekinlashtirish va inflyasiya tavakalchiligini tushirish maqsadida Markaziy bank asosiy stavkasi joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 14 foizdan 17 foizgacha ko‘tarilib hisobot kuniga 15 foiz darajani tashkil qilmoqda. Bu o‘z navbatida, joriy yilda banklararo pul bozorida foiz stavkalarining o‘rtacha darajasining o‘sishini taqazo etdi. 2022 yilning 9 oyi davomida banklarning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sish sur'atlarini saqlab qoldi. Xususan, bank aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,2 foizga o‘sib, 2022 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha 540,0 trln.so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklarining sof kredit qo‘yilmalari shu yilning o‘tgan davriga nisbatan 16,4 foizga oshdi va tahlil etilayotgan davr yakuni bo‘yicha 351,3 trln.so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, joriy yilning 9 oyida banklar tomonidan kichik tadbirkorlik subʼektlariga ajratilgan kreditlar miqdori oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 15,7 foizga koʼpayib, hisobot sanasiga 13,3 trln. soʼmni tashkil etdi. Banklarning kapitallashtirish darajasi esa 19,9 foizga oʼsib, 61,3 trln. soʼmga yetdi. Bank tizimi boʼyicha Bazelь qoʼmitasi tomonidan belgilangan kapital yetarlilik darajasi minimal talabi meʼyori bajarilishi taʼminlanib kelinmoqda. Аholi va xoʼjalik subʼektlaridan joriy yilning oʼtgan 9 oyi davomida jalb qilingan depozitlar miqdori esa oʼtgan yilning 9 oyiga nisbatan 53,8 foizga oʼsgani holda 206,7 trln. soʼmga yetdi. Mamlakatimizning bank tizimi qatʼiy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biri sifatida faoliyat koʼrsatishi natijasida tijorat banklarining faoliyati yuzasidan “Fitch ratings”, “S&P” va “Moodys” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari oʼzlarining “barqaror” istiqboli bilan reyting baholarini berib kelishmoqda. Oʼtgan davr mobaynida plastik kartalar orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar amaliyoti surʼati yuqori darajada saqlanib qoldi. Bunga muomalaga chiqarilgan plastik kartalar sonining 31,8 mln. Donaga yetganligi oʼz taʼsirini koʼrsatdi. Shuningdek, savdo va xizmat koʼrsatish joylariga oʼrnatilgan terminallar soni 432,3 ming dona hamda bankomat va infokisokalar soni esa 19,3 ming donadan oshdi.