Toshkent moliya instituti iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan



Yüklə 117,09 Kb.
səhifə1/10
tarix10.04.2023
ölçüsü117,09 Kb.
#95915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Farmonov A


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN


KURS ISHI
MAVZU:Yalpi ichki mahsulot va uni O‘zbekistonda ko‘paytirish muammolari



Ro’yxatga olish№__________
«____» _______2023 y. _______




Bajardi


Talaba:_____________________________


Qabul qildi:_________________________



Tavsiya etildi (Tavsiya etilmaydi)
«____» _______2023 y. _______
Imzo:______




Baxo:________ ball


Komissiya a'zolari:
___________________ ____
___________________ ____
___________________ ____


Toshkent-2023
Mavzu: Yalpi ichki mahsulot va uni O‘zbekistonda ko‘paytirish muammolari


Mundarija:


I-Kirish
II-Asosiy qism
1. Yalpi ichki mahsulot-YaIM ning mazmuni va mohiyati
2. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.
3.Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
4.Yalpi ichki mahsulotni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar.
III-Xulosa va takliflar.
IV-Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining gapiga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotining real sektori korxonalarining qo’llab quvvatlash, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi.Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan hamda joriy kreditor qarzdorligi qayta ko’rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so’mdan ortiq mablag’ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlanish imkonini beradi.Mamlakatimiz bo’yicha yirik korxonalarni ham qo’shganda, jami 240 ta korxona bankrot deb elon qilindi. Ayni paytda ularning 154 tasi yangi mulkdorlarga sotildi, 86 tasi esa tijorat balansiga o’tkazildi, 70 ta iqtisodiy nochor korxonalar ishlab chiqarish to’liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga tortildi, qolganlarida moliyaviy sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.Bu borada ko’rilgan chora tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xolos qilish, byudjet va ish haqi bo’yicha umumiy miqdori 1 trillion so’m kreditorlik qarzini uzish bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo’shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o’rni yaratish imkonini berdi. Xozirgi kunda kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 87 foizini ishlab chiqmoqda. Xolbuki, bu ko’rsatkich 2016 yilda 50 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir.
2018 yilda kichik sanoat korxonalari yagona soliq to’lovi 8 foizdan 7 foizgacha pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.



Yüklə 117,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin