Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/19
tarix18.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#116435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Foiz va Foizsiz

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI KREDIT-IQTISOD FAKULTETI
TASDIQLAYMAN”
“Kredit-iqtisod” fakulteti dekani v.v.b., i.f.n., prof.
Qoraliyev T.M. 2015 y.


“BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI ZIYODILLOYEV XUSHNUD RAXIMBOYEVICH


TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA UNING BARQARORLIGINI TA’MINLASH
5230700 – “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar:
o‘q. Qurbonov R.
2015-y.
Himoyaga tavsiya etiladi” “Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri
v.v.b. T. Boltayev _ 2015-y.



Toshkent - 2015

MUNDARIJA






KIRISH.................................................................................

3-6


I BOB.

TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI..............................................................

7

1.1.

Tijorat banklari foydasi va uning bank faoliyatida tutgan
o’rni....................................................................................

7-12


1.2.

Tijorat banklari foydasini shakllantirish manbalari……….

12-25

1.3.

Tijorat banklarining foydasini ifodalovchi ko’rsatkichlar va
me’zonlar.............................................................................

25-35


II BOB.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT
BANKLARI FOYDASINING JORIY HOLATI TAHLILI.....................................................................

36


2.1.

Mamlakatimiz tijorat banklari foydasining hisobi va uni
taqsimlash tartibi …………………………………………...

33-43


2.2.

Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati tahlili .....................................................................................

43-59


2.3.

Tijorat banklari foydasining samaradorlik ko’rsatkichlari tahlili…………………………..............................................

60-63


III BOB.

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA BANK FOYDASINI OSHIRISH VA
BARQARORLIGINI TA’MINLASH ISTIQBOLLAR...

64-70





XULOSA...............................................................................

71-75




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........

76-77




ILOVALAR…………………………

78-80

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari turli mulk shakliga asoslangan tijorat banklari shakllandi va ko’paydi. Bozor munosabatlarining muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. O’z navbatida bu kabi vazifalarning bajarilishi banklarning daromadlilik, barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash hamda ularning mijozlar jalbdorligini oshiradi va bu ishlarda amalga bajarish uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya vaoperatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Albatta, ularning barqaror faoliyat olib borishi, yuqori daromadlilikka erishishi, birinchi navbatda o’z faoliyatining davomiyligi va uzluksizligini ta’minlasa, ikkinchi navbatda esa mamlakat iqtisodiy o’sishiga ham ijobiy holda ta’sir ko’rsatadi. Muhtaram prezidentimiz I.A. Karimov o’z nutqlaridan birida alohida ta'kidlab o’tganlaridek: “Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari iqtisodiyotning qon tomirlarini tashkil etadi”1.
Banklar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi organ hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlash, bo’sh pul mablag’larini yig’ish va ularni pul zarur bo’lgan sub’ektlar o’rtasida taqsimlash bo’yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa sub’ektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag’larga tayanib ishlaydilar. Bu esa o’z navbatida bank ishining risklilik darajasini oshiradi. Chunki bank bir tomondan unga o’z jamg’armalarini ishonib topshirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan bank o’z aksiyadorlari oldida


1 Kаrimоv I.А. Jаhоn mоliyaviy – iqtisоdiy inqirоzi, O’zbekistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etishning yo’llаri vа chоrаlаri. T.: O’zbekistоn, 2009. 56-b.
majburiyatga ega. Shu sabab, banklar mablag’larni doimo iqtisod qilib ish olib boradilar.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bank sektorining samarali faoliyati bilan bog’liq. Raqobat sharoitida bank faoliyatining omad kaliti bo’lib, bank ichki imkoniyatlarini va raqobatchilarning hatti-harakatiga hamda bozor konyukturasidagi o’zgarishlarga bevosita javob bera olish qobiliyati hisoblanadi. Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to’g’ri tashkil qilish bilan bog’liq bo’lmasdan, balki yuqori foyda olish manfaati bilan tashqi sharoitlarga moslashish hamdir. Bu borada bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qabul qilingan dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni sozsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi2.
Banklarning samarali faoliyat olib borayotganligi o’z navbatida ularning foyda ko’rib ishlayotganligidan dalolat beradi. Albatta, bu maqsadga erishish banklarning depozit va kredit mexanizmini samarali ishlashini ta’minlash, shuning bilan - ishlab chiqarishning o’sishi, investitsiyalarni keng jalb etilishi, iqtisodiyot sub’ektlari faolligiga ijobiy ta’siri, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga to’g’ridan-to’g’ri ko’maklashadi. Ayni vaqtda, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish, ular foydasini ko’paytirish va takomillashtirish borasida hal qilinmagan masalalar, kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Chunonchi, mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida daromad keltiruvchi operatsiyalar va xizmatlarning miqdorining cheklanganligi, tijorat banklarining aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining nisbatan yuqori darajada qolayotganligi, ayrim yirik tijorat banklarining barqaror resurslar bazasining zaifligi, tijorat banklarining resurs bazasini
2 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim usuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi. Xalq so`zi 201- yil 16-yanvar.
shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi majburiy zaxira talabnomalarining mavjudligi, banklarning kredit portfelini diversifikatsiya qilish borasidagi va boshqa shu kabi ko’plab o’z yechimini kutayotgan muammolar mavjud.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida asosiy e'tibor qayd etilgan muammolarning mohiyatini ochib berish va ularni hal etishga qaratiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin