Tijorat banklari foydaning shakllanishida ular oladigan daromadlari va bunga erishish uchun qilgan xarajatlari tarkibi va miqdori asosiy rol o’ynaydi. Tijorat banklari foydasi ular olgan daromadlaridan amalga oshirilgan xarajatlari orasidagi ijobiy farqni bildiradi. Ya’ni, bank foydaga erishish uchun uning barcha daromadlari qilgan xarajatlaridan ko’p bo’lishi talab etiladi. Quyidasgi 1- rasm yordamida tijorat banklarining foydasini shakllanish manbalarini ko’rishimiz mumkin.
7 Лаврушин О.И. Банковское дело: учебник. 2-е изд. Перераб. и доп. / – М.: Финансы и статистика, 2008 г
Yuqoridagi 1-rasmda tijorat banklarining foydasi yoki zarari shakllani- shini ko’rib o’tishimiz mumkin. Bunda birinchi bo’lib bankning daromadlari manbalarini va daromad olish uchun qilinadigan bank xarajatlari tarkibini ko’rib chiqamiz. Yakunda, tijorat bankining olgan barcha daromadlaridan xarajatlari miqdorini chegirib tashlasak bank foydasi shakllanadi.
Tijorat banklari daromadlarini shakllanishida ularning oladigan daromadlari ikki guruhga: foiz daromadlari va foizsiz daromadlar, ya’ni turli xil xizmatlar va tijorat faoliyatidan olingan daromadlarga bo’linadi. Foizli daromadlar - oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka bo'yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo'lib banklar o'z kapitalini tezroq ko'paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ulardan foydalanib ko'proq foyda olish uchun qisqa muddatli kreditga ko'proq mablag’ yo'naltiradi. Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari tarkibi manbalari to’g’risida batafsil ma’lumotlarni quyidagi 1-jadvalda ko’risimiz mumkin bo’ladi. Foizli daromadlar bankka foiz ko’rinishida keladi. Ya’ni,
8 Sh. Abdullayeva “Bank ishi” darslik yordamida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi.
foizli daromad mijoz va o’rtasida belgilandan shartnomaga asosan asosan amalga oshiriladi. Foizsiz daromadlar o’z navbatida ma’um belgilangan summalarda, qiymatlarda bankka kelib tushadi. Markaziy bank tomonidan qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari, xarajatlari hisobini yuritish va ularning daromad solig’ini hisoblash to’g’risida" muvaqqat nizomida tijorat banklarining faoliyat qilish tartibi belgilangan bo’lib, banklar bu me’yoriy hujjatlar asosida o’z daromadlari va xarajatlarini amalga oshiradilar. Har bir tijorat banklari o’z faoliyatlarini olib borishdan maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan. Bu daromadlarni ko’paytirish yo’llarini tijorat banklari o’zlari mustaqil ravishda belgilaydilar.