Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/19
tarix18.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#116435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Foiz va Foizsiz

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Tijorat banklarining asosiy maqsadini tashkil etuvchi – tijorat banklari foydasining ko’paytirish yo’llarini yanada oshirish va uning barqarorligini taminlash, shu bilan birga respublikamiz bank amaliyotidagi tijorat banklarining oladigan foydasini va foyda olish manbalarini tahlil qilgan holda, ularni respublikamiz tijorat banklari faoliyatiga qo’llash, ya’ni yangi xizmatlar va operatsiyalarni joriy etish bo’yicha ilmiy xulosa va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:

  1. Tijorat banklari foydasini shakllanish mexanizmining nazariy asoslarini o’rganish.

  2. Tijorat banklari foydasini oshirish maqsadida ularning daromadlarini oshirish va xarajatlarini kamaytirish yo’llarini aniqlash.

  3. Banklarning foyda miqdorini belgilovchi me’zonlari bo’yicha talablarining ahamiyatini o’rganish.

  4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tijorat banklarini foydasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish.

  5. Tijorat banklari foydasi ko’paytirish yo’llarini takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ayrim tijorat banklari faoliyati va ularning bank foydasini tashkil etish hamda shakllantirishdagi amalga oshiradigan ishlari.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Tijorat banklari faoliyatida bank- larning turli xil xizmatlar va operatsiyalardan foyda olish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. O’zbekistonlik va xorijlik iqtisodchi olimlarning xalqaro amaliyotda tijorat banklari foydasini ko’paytirish va takomillashtirishga oid ilmiy izlanishlari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishida ilgari surilgan alohida ilmiy takliflar va tavsiyalar tijorat banklari moliyaviy holatini yaxshilash, ular foydasining oshishi va takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqishda qo’llanilishi mumkin.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin