180
“Direkt-kosting” va mahsulot to’liq tannarxini hisoblash tizimlari
bo’yicha korxona moliyaviy natijasini aniqlashning qiyosiy tahlili
“Direkt-kosting”
tizimi bo’yicha
Summa
To’liq tannarx usuli
bo’yicha
Summa
1.
Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni
sotishdan tushgan tushum
2.
O’zgaruvchan xarajatlar (sotilgan
mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxi)
3.
Marjinal daromad (1q-2q) (mahsulot
(tovar, ish, xizmat)larni
sotishning yalpi
foydasi (zarar))
4.
Doimiy xarajatlar (davr xarajatlari)
5.
Asosiy (operatsion) foyda (zarar)
358357
288916
69441
45568
23873
Mahsulot (tovar, ish va
xizmat)larni
sotishdan
tushgan tushum
Sotilgan
mahsu-
lotlarning to’liq tannarxi
Asosiy
(operatsion)
foyda (zarar)
358357
334484
23873
Yuqoridagi 5.7-jadval ma’lumotlari moliyaviy natijani aniqlash tartibidan
kelib chiqib “Direkt-kosting” hisob tizimi va mahsulotning to’liq tannarxi
o’rtasidagi farqli jihatlarni ifoda etadi. Shunday qilib, “Direkt-kosting” hisob tizimi
quyidagi xususiyatlarga ega:
–
hisobni birinchi navbatda marjinal daromad ya’ni
oraliq moliyaviy natijani
aniqlashga yo’naltirilishi;
–
mahsulotni faqat o’zgaruvchan xarajatlar nuqtai-nazaridan hisobga olish va
ishlab chiqarish tannarxini aniqlash;
–
korxona bo’yicha doimiy xarajatlar hisobi va ularni yakuniy moliyaviy
natijani aniqlash uchun operatsion foydani kamaytirishga qaratish;
–
bahoni tezkor boshqarish jarayoni asosi sifatida marjinal daromadni
aniqlash;
–
sotish hajmi, tannarx va foyda o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va munosabatni
aniqlash;
–
zararsizlik nuqtasini belgilash.
–
“Direkt-kosting” hisobi tizimining asosiy afzalliklari quyidagilar:
–
mahsulot tannarxini hisoblashdagi soddalashtirish va aniqlik (chunki,
tannarx faqat o’zgaruvchan xarajatlar qismidagina
rejalashtiriladi va hisobga
olinadi);
–
mahsulot turlari o’rtasida doimiy xarajatlarni shartli taqsimlash uchun
181
murakkab hisob-kitoblar qilinmasligi (ular mahsulot tannarxi tarkibiga
kiritilmaydi va moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi);
–
rentabellik darajasi (zararsizlik nuqtasi, sotish hajmi), mahsulot bahosining
quyi chegarasini aniqlash imkoniyati;
–
mahsulotning xilma-xil turlari bo’yicha rentabellik
darajasini qiyosiy tahlil
qilish imkoniyati;
–
mahsulot ishlab chiqarish va sotishning qulay dasturini aniqlash imkoniyati;
–
o’zi ishlab chiqargan mahsulot yoki xizmatlar hamda ularni chetdan sotib
olishdagi tanlov imkoniyati.
“Direkt-kosting” hisob tizimi rahbarlarga korxona miqyosida va turli
mahsulotlar bo’yicha marjinal daromadning o’zgarishiga e’tiborni kuchaytirishga
imkon beradi, bunda yuqori rentabelli mahsulotni
aniqlashda sotish bahosi va
o’zgaruvchan xarajatlar summasi o’rtasidagi tafovut alohida mahsulotlar
tannarxiga doimiy xarajatlarni kiritish natijasida yashirinib qolmaydi, mazkur tizim
bozor sharoiti o’zgarishiga javoban xaridorgir mahsulotlarni tez ilg’ab olish
imkonini beradi. Erkin bozor raqobati sharoitida “Direkt-kosting” hisob tizimi
korxonani boshqarish tizimi - marketingning tarkibiy qismiga aylanadi.
Bundan
tashqari, “Direkt-kosting” hisob tizimi doimiy xarajatlar ustidan tezkor nazorat
o’rnatishga ko’maklashadi, chunki tannarxni nazorat qilish jarayonida standart
(normativ) xarajatlar (“Direkt-kosting” hisob tizimi «Standart-kost» tizimi bilan
birgalikda tashkil etiladi) yoki moslashuvchan smetalardan foydalaniladi.
Modomiki, “Direkt-kosting” tizimida standartlar qo’llanilar ekan,
bunda
o’zgaruvchan va doimiy xarajatlarga normalar belgilanadi. Shuni nazarda tutish
kerakki, to’liq tannarx hisobi tizimida qo’shimcha xarajatlar taqsimlanmagan
summasining bir qismi bir hisobot davridan boshqasiga o’tadi, shu bois,
ularni
nazorat qilish sustlashadi. Bunday holda “Direkt-kosting” tizimi qo’shimcha
xarajatlar taqsimlanishining mehnattalabligini kamaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, “Direkt-kosting” tizimi raqobat kurashida baholarni sun’iy ravishda
pasaytirish kuzatilsa, doimiy xarajatlar marjinal daromad hisobidan qoplanishi
mumkin bo’lmaydi ya’ni korxona zarar ko’ra boshlaydi.
182
Fikrimizcha, xo’jalik sub’ektlarida xarajatlarni boshqarishda byudjetlashtirish
usulini qo’llashda xarajatlarni minimallashtirish emas, balki ularni ishlab chiqarish
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maqbullashtirish(optimallashtirish)ga
asosiy
e’tiborni qaratish zarur. Xulosa shuki, xo’jalik sub’ektlarining o’ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xarajatlarni boshqarish usul va tizimlaridan
foydalanish mazkur ular amaliyotida xarajatlarni maqbul darajada pasaytirish
imkonini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: