57
3. Moliyaviy hisobot auditining xususiy usullari mazmunini tavsiflab bering.
4. Moliyaviy hisobot auditi usullariga iqtisodchi olimlar va amaliyotchi
mutaxassislarning yondashuvlarini tushuntirib bering.
5. “Moliyaviy hisobot auditi” fanining usullari va fan sifatida shakllanishida
V.I.Podolskiy hamda A.D.Sheremetning yondashuvlarining o’xshash
va farqli
jihatlarini tushuntirib bering.
6. “Moliyaviy hisobot auditi” fanining umumilmiy metodlarini tavsiflab bering
va bu metodlarning ahamiyatini izohlang.
Tayanch tushunchalar:
1. Moliyaviy hisobot usullariga yo’ndashuvlar;
2. Analiz va sintez usuli;
3. Gepoteza va prognozlashtirish usuli;
4. Inventarizatsiya;
5. Kuzatish va tasdiqlash;
6. Muqobil balans tuzish;
7. O’zaro solishtirish yoki taqqoslash usuli;
8. Taftish usuli;
9. Baholash va kalkulyatsiya usuli;
10. Testlash yoki anketa savolnomalari;
11. Umumilmiy metodlar;
12. Moliyaviy hisobot transformatsiyasi.
58
3-MAVZU. XO’JALIK SUB’EKTLARI HISOBOTINING AUDITI
3.1. Moliyaviy hisobotlar to’g’risidagi asosiy me’yoriy hujjatlarga sharh
va izohlar
Bugungi kunda, iqtisodiyotning integratsiyalashuvi sharoitida moliyaviy
hisobot unifikatsiyasi, rivojlanayotgan mamlakatlarda
investitsion muhitni
yaxshilash maqsadida buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro
standartlarga
muvofiqlashtirish,
moliyaviy
hisobot
konvergentsiyasi
va
garmonizatsiyasi masalalari, moliyaviy hisobot elementlarini tasniflash,
tan olish,
baholash hamda hisobotlarda aks ettirishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlarga
alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida moliyaviy instrumentlar,
operatsion segmentlar, qo’shma tadbirkorlik
faoliyatlari natijalari, adolatli
qiymatda baholash, shartnomalar bo’yicha tushumlarni tan olish hamda moliyaviy
hisobotlarda aks ettirish va qo’shimcha moliyaviy hisobot masalalarini
takomillashtirishga erishilgan. Lekin, moliyaviy hisobotning nazariy va
metodologik masalalarini takomillashtirishda
qayd etilgan natijalar MDH
mamlakatlarida to’liq joriy qilinishiga erishilgan emas, shuningdek MHXSlarini
qo’llash har bir mamlakatda o’ziga xos xususiyatlarni inobatga olishni taqozo
etmoqda.
Mamlakatimizda moliyaviy hisobotni MHXSlarga
muvofiqlashtirish hamda
uning me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar
olib borilib, muayyan natijalarga erishildi. Jumladan, moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga o’tish, ularni xalqaro audit standartlari
asosida auditdan
o’tkazish va nashr ettirish tartiblari amaliyotga joriy etildi. Xalqaro standartlarning
amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda “700 dan ortiq aktsiyadorlik
jamiyatlari, 6000 dan ortiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar”
35
MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tuzishga o’tdilar. Biroq, ushbu erishilgan
yutuqlar respublikamizda moliyaviy hisobot muammolarini to’lig’icha hal
etilganligini bildirmaydi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, ta’kidlash joizki strategik
35
O’zbekiston hududlarining yillik statistik to’plami. Toshkent 2018. 146-bet.
59
vazifalardan kelib chiqib moliyaviy hisobotni takomillashtirish borasida o’z
echimini kutayotgan qator muammolar mavjud. 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar
strategiyasida “korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlar va usullarni joriy
etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish”
36
ustuvor vazifasining qo’yilishi ham sifat menejmentiga o’tishda asosiy standartlar
sifatida MHXSlarini tan olish va uni keng joriy etish
borasida aniq vazifalarni
belgilab berdi. Quyidagi 3.1-jadvalda O’zbekiston Respublikasida moliyaviy
hisobot tuzish va uning auditi jarayonini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar
tarkibi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: