Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

 
 
 
 
 
 
 
 
3.1-rasm. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini MHXSga 
moslashtirishning asosiy yo’nalishlari
41
 
 
Bu borada asosiy kamchiliklar sifatida hisobotlarni taqqoslash va transparentlik 
darajasi pastligini, xo’jalik faoliyati barcha faktlarining to’liq aks ettirilmasligini 
(masalan, shartnoma majburiyatlari va hosilaviy qimmatli qog’ozlar bilan 
operatsiyalar), xo’jalik faoliyati faktlari va hodisalarini tan olish va baholashda 
41
Xajimuratov N.Sh. Aktsiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobot auditini takomillashtirish: iqtisodiyot fanlari 
bo’yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun dis. avtoref.. -T.: 2018 -56 b.
Мавжуд бухгалтерия ҳисоби қоидаларига қўшимча ва ўзгартиришлар 
киритиш 
МҲХСга тўлиқ ёки максимал йўналтирилган янги бухгалтерия ҳисоби қоидаларини 
киритиш 
Молиявий ҳисоботлар асосий шакллари ва уларни тузиш қоидаларини унификациялаш 
Мамлакат бухгалтерия ҳисоби қоидаларига янги тушунчалар киритиш (активларнинг 
қадрсизланиши, хўжалик фаолиятининг шартли далиллари ва бошқалар) 
Moliyaviy hisobotda talab qilingan 
ochib berishlar soni ortishi 
Ko’p sonli hisob-kitob amallari va 
professional mulohazalardan 
foydalanish zarurati 
 
Buxgalteriya hisobi milliy standartlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga 
moslashtirish yo’nalishlari


67 
ehtiyotkorlik tamoyilini pisand qilmaslikni kiritish mumkin. Birinchi navbatda, bu 
baholashda ehtiyotkorlik tamoyilini to’liq pisand qilmaydigan boshlang’ich qiymat 
bo’yicha aktivlarni baholash bilan bog’liqdir. Aktsiyadorlik jamiyati balansida ayni 
paytdagi qiymati ko’p marta oshirib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin bo’lgan 
ma’naviy eskirgan asosiy ishlab chiqarish vositalari hisobga olinadi. Joriy qiymat 
bo’yicha emas, balki boshlang’ich qiymat bo’yicha hisoblab chiqish usulining 
amal qilishi boshqa bir muhim kamchilik hisoblanadi. Bu esa shunga olib keladiki, 
aktsiyadorlik jamiyatining moliyaviy hisobotida moliyaviy natija oshirib 
ko’rsatiladi. Bu kamchiliklarning barchasi mamlakatdan kapital oqimi chiqib 
ketishi katta ekanligi bilan birgalikda kuzatiladigan jahon bozorlaridagi beqarorlik 
omillarining o’sishi va moliyaviy inqiroz sharoitlarida o’tkir namoyon bo’ladi. 
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi hududida MHXS 
joriy qilishga asos solindi deb ishonch bilan aytish mumkin. Mamlakat hududida 
har erda va izchillik bilan MHXS joriy qilish korxonalarga jahon iqtisodiyotiga 
jalb etilganlikdan to’g’ridan-to’g’ri iqtisodiy foyda olish imkonini beradi. 
Buxgalteriya hisobini xalqaro standartlashtirish jarayoni hali tugallanmadi. MHXS 
ga muntazam ravishda yangi o’zgarishlar kiritilib, ular o’zgaruvchan jahon 
iqtisodiy xo’jaligi konyunkturasiga moslashib bormoqda. 
Mamlakat buxgalteriya hisobi qoidalarini MHXS me’yorlariga muvofiq eng 
yuqori moslashtirishga mazmunan bir xil nomdagi MHXS ga maksimal darajada 
yaqin bo’ladigan yangi buxgalteriya hisobi qoidalari qabul qilinishi xizmat qiladi. 
Bu «Zaxiralar hisobi», «Ijara hisobi», «Xodimlarga mukofotlar hisobi», «Tashkilot 
daromadlari» kabi buxgalteriya hisobi qoidalaridir. MHXS talablaridan biri 
sanalgan, muddati 12 oydan ortiq bo’lgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini 
diskontlash imkoniyati muhim o’zgarishlardan biriga aylanadi
42

Mamlakat buxgalteriya standartlariga kiritilgan va yaqin vaqtlarda kiritiladigan 
barcha ko’p sonli o’zgarishlarga qaramay, buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari va xalqaro standartlarda kontseptual va bazaviy qoidalar o’rtasidagi 
42
Зарецкая В.Г. Оценка и анализ дебиторской и кредиторской задолженности с учетом фактора времени 
//Международный бухгалтерский учет. 2014, № 29, стр. 47 


68 
tafovutlar avvalgidek jiddiy bo’lib qolaveradi. Buxgalteriya hisobi milliy 
standartlarida joriy qiymat kontseptsiyasi va kapital kontseptsiyasi kabi 
kontseptsiyalarning yo’qligi bu tafovutlarni jiddiy qilib qo’yadi. 
Ta’kilash joizki, mamlakat aktsiyadorlik jamiyatlarining MHXS ga o’tishiga 
ekspertlar doirasida bir xil baho berilmaydi. Ayrim ekspertlarning hisoblashicha, 
bunday o’tish mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirishi va birinchi navbatda, uning 
xalqaro reytingini oshirish mamlakatga investitsiyalar oqimini o’zgartirishi 
shubhasiz. Boshqalar esa bunday yondashuvda hech qanday foyda ko’rmaydi va bu 
kompaniyalar uchun qo’shimcha xarajatlar keltiradi, bajariladigan hisob va hisobot 
ishlari sig’imini oshiradi deb hisoblaydi
43

Biroq MHXS qo’llashning asosiy maqsadi – mavjud va potentsial investorlar 
uchun zarur bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holati haqida 
maksimal darajada ishonchli axborot olish ekanligini yaxshi tushunadigan bo’lsak, 
MHXS ga o’tish zarurligi yaqqol ko’zga tashlanib qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin