Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Buxgalteriya balansi va boshqa moliyaviy hisobotlarda aks etuvchi



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Buxgalteriya balansi va boshqa moliyaviy hisobotlarda aks etuvchi 
elementlar 
Moliyaviy hisobot elementlari
Aktiv-
lar 
Xususiy 
sar-
moya 
Majburiyat-
lar 
Zaxiralar 
Daro-
madlar 
Xarajat-
lar 
Moliya-
viy 
natijalar 
Buxgalteriya balansi 
Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi 
hisobot 
Pul 
oqimi 
to‗g‗risi
dagi 
hisobot 
Xususiy 
kapital 
to‗g‗risi
dagi 
hisobot 
Balansga 
izohlar, 
hisob-
kitoblar va 
tushuntirish-
lar 
Balansga 
izohlar, 
hisob-
kitoblar va 
tushunti-
rishlar 
Pul 
oqimi 
to‗g‗risi-
dagi 
hisobot 
Pul 
oqimi 
to‗g‗risi-
dagi 
hisobot 
Pul 
oqimi 
to‗g‗risi-
dagi 
hisobot 
Buxgalteriya balansining asosiy elementlari – aktivlar, kapital va 
majburiyatlardir. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa 
voqealiklarning natijasidir. Subyektlar odatda aktivlarni sotib olib yoki hosil qilib 
unga ega bo‗ladilar biroq, boshqa bitimlar va voqealar ham aktivlarni 
ko‗paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‗jalik yurituvchi subyekt hukumatdan 
olgan ko‗chmas mulk. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‗zi-
o‗zidan aktivlarning paydo bo‗lishiga ham olib kelmaydi. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar o‗z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy 
zaxiralardan ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatilishni boshqarish uchun 
foydalanadilar. 
Aktivlarda aks ettirilgan bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda xo‗jalik yurituvchi 
subyekt tomonidan har xil yo‗llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, 
aktivdan: 
- tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishda alohida 
yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi; 
- boshqa aktivlarga almashtirilishi; 


294 
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning egalari o‗rtasida taqsimlanishi mumkin. 
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari jismoniy shaklga ega. 
Biroq, jismoniy shakl aktivning mavjud bo‗lishi uchun zaruriy shart emas. 
Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari ham aktivlardir. Agar xo‗jalik 
yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda olishni 
kutayotgan bo‗lsa, bu unsurlar ham aktivlar qatoriga kiritiladi va ularni nomoddiy 
aktivlar, moliyaviy aktivlar sifatida tarkiblash mumkin. 
Aktivlar yuridik huquqlar, shu jumladan egalik huquqi bilan bog‗liqdir. 
Lekin aktivlar mavjudligini aniqlashda, egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. 
Masalan, agar xo‗jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‗lgan 
foydani nazorat qila olsa, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi. 
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‗rtasida uzviy 
aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‗yicha to‗g‗ri 
kelmaydi. Xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar 
bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-
kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb 
hisoblash uchun asos bo‗lmaydi. Masalan, xo‗jalik yurituvchi subyektga tekinga 
berilgan obyektlar aktivlarni ta‘riflashga mos keladi. 
Balansning eng muhim elementi bu – majburiyatlardir. Ularni aktiv va 
passiv tomonda ham uchratish mumkin. Aktivdagi majburiyatlar olinadigan 
majburiyatlar, passiv tomondagi majburiyatlar to‗lanadigan majburiyatlar 
hisoblanadi. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar 
oldidagi joriy va uzoq muddatli mas‘uliyatli ekanligi majburiyatlarning asosiy 
tavsifidir. 
Majburiyatlar‚ shuningdek, ustavning yoki shartnomaning talablari oqibati 
sifatida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va 
xizmatlar uchun to‗lanadigan summalar.


295 
Majburiyatlar oldin tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni 
saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‗rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar 
xo‗jalik yurituvchi subyekt kafolat muddati tugaganidan so‗ng o‗z mahsulotidagi 
kamchiliklarni tuzatish to‗g‗risida qaror qabul qilsa, shu bo‗yicha qilingan 
xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi. 
Hozirgi majburiyatlar bilan kelgusi majburiyatlar o‗rtasida chegara bo‗lishi 
kerak. Xo‗jalik yurituvchi subyekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish 
haqida qabul qilgan qarori majburiyatlar paydo bo‗lishiga sabab bo‗lmaydi. 
Majburiyatlar odatda aktiv olinganda yoki xo‗jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib 
olishi to‗g‗risida bitimga kirishgandagina paydo bo‗ladi. 
Tegishli majburiyatlarni bajarish odatda boshqa tarafning e‘tirozlarini 
qondirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‗jalik yurituvchi subyekt 
resurslarini o‗ziga jalb etadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonun 
hujjatlarida ko‗zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi: 
- haq to‗lash bilan; 
- boshqa aktivlarni berish bilan; 
- xizmatlarni ko‗rsatish bilan; 
- ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali; 
- majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
O‗zbekiston amaliyotida majburiyatlarning faqat to‗lovlar orqali amalga 
oshirilishi belgilab qo‗yilgan. 
Majburiyatlar, kreditor o‗z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor 
ana shu huquqlaridan mahrum bo‗lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin. 
Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‗tgan voqealarning natijasidir. Masalan, 
tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va xizmatlarni olish bilan to‗lanishi kerak 
bo‗lgan (agar ular ilgari to‗lanmagan bo‗lsa yoki yetkazib berilganda) schyotlar 
ham olinadi. 
Buxgalteriya balansining eng muhim va ahamiyatli unsuri bu – xususiy 
sarmoyadir. 


296 
Xususiy 
sarmoya 
ustav, 
qo‗shilgan, 
zaxiralar 
sarmoyadan 
va 
taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Zarur hollarda ustav, qo‗shilgan zaxiralar 
sarmoya tahliliy jihatdan hisobga olinadi. 
Buxgalteriya balansidagi xususiy sarmoyaning miqdori aktivlar qiymatini va 
majburiyatlarni baholashga bog‗liqdir. 
Buxgalteriya balansida zaxiralar alohida tarkiblanadi. Ularning ahamiyati va 
zarurligi yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni yoki zararlarni 
kamaytirishga qaratilgan. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan 
qo‗shimcha tarzda himoya qilishni ta‘minlash uchun zaxiralarni vujudga keltirish 
zarur. Zaxiralarni hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul 
qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish 
xo‗jalik yurituvchi subyektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini 
buzmagan holda) ko‗zda tutiladi. 
Aktivlar kapital va majburiyatlarni tan olish va ularni buxgalteriya 
balansida aks ettirish tartiblari. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin