2
UO„K: 657.622(075.8)
KBK: 65.261
Taqrizchilar:
i.f.d.,prof.
R.D. Dusmuratov;
i.f.f.d.(PhD), dots.
N.SH. Abdiyeva
R 29 Iqtisodiy tahlil
.
O‟quv qo‟llanma
. / M.Y.Raximov,
N.N.Mavlanov N.N.Kalandarova; – T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2022. – 517 b.
Xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi,
moliyaviy ahvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni
o‗stirish imkoniyatlarini aniqlash
muhim axborotlar oqimini
shakllantirish bilangina hal etilmaydi. Ushbu axborotlar oqimi qayta
ishlanishi,
real holat aniq baholanishi, uning kelgusidagi kutilishlari
oldindan bashorat qilinishi, turli tahlikalar hisobga olinishi talab etiladi.
Faqat shu orqaligina samarali boshqaruvni yo‗lga qo‗yish
va yuritish
mumkin.
Iqtisodiy tahlil etish orqali xo‗jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiy
resurslardan oqilona va samarali foydalanish,
aktivlar va ularning
kelgusidagi ko‗payishi, kapitali va uning o‗sishi, majburiyatlarining
holati, moliyaviy
natijasi va rentabelligi, pul oqimlari va ularning
kutilishlari boshqaruvning barcha obyektlari bo‗yicha
axborotlarni
chuqur qayta ishlash orqali faoliyatni turi va maqsadli yo‗lga qo‗yish
imkoni tutiladi.