Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

1.2. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari 
Raqobatdosh iqtisodiyot xo‗jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish, uning sifat jihatidan yangi tuzilmasini shakllantirish va 
samaradorlikni o‗z-o‗zidan ta‘minlaydigan mexanizm emas. Birinchi navbatda, 
ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsion 
4
Д. Рахимова. Корпоратив бошқарув: Замонавий усул ва ѐндашувлар. Халқ сўзи газетаси. 20 
Февраль 2016. 


13 
mahsulotlarni yaratish orqali raqobatdoshlikni ta‘minlash, tarkibiy o‗zgarishlarni 
talab etadi. Bu jarayonlar albatta ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi 
ijobiylikni ta‘minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va samara
natijaviylikda ijobiy o‗zgarishlar xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini 
keng qamrovli va tizimli shaklda doimiy o‗rganishni, baholash va tahlil qilishni 
talab etadi. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyati, uni yo‗lga qo‗yishdagi kafolatlangan 
erkinliklari hamda ma‘lum bir dastaklar asosida tartiblanuvchi birliklari doimo 
tahliliy yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan 
murakkabga, maydadan yirikka, sabab-oqibat bog‗lanishlaridagi iqtisodiy
moliyaviy tahlilni yo‗lga qo‗yishni talab etadi.
Har bitta fan obyektiv zaruriyat tufayli paydo bo‗lishi va oldiga qo‗yilgan 
vazifalarni hal etishi, moddiy va nomoddiy olamdagi savollarning aniq yechimini 
berishi, hayot va uni go‗zalligini ta‘minlashning muhim vositasiga aylanishida 
tobora rivojlanib borishini hisobga oladigan bo‗lsak, iqtisodiy, moliyaviy tahlil 
fanining ham tashkil topganiga bir necha asrdan oshganligini qayd etish lozim.
Fan shakllanishining ilk ko‗rinishlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. 
Jumladan uning ilk manbalari Konfutsiylik ta‘limotiga, Qadimgi Gretsiyadagi 
Ksenofot, Aristotel, Qadimgi Rimdagi Varroon, Sanekalar tomonidan yozib 
qoldirilgan manbalarga borib taqaladi. 
O‗rta asrlarda tahlilga oid manbalarni iqtisodiy nazariya fanining tarkibida 
makro va mikro iqtisodiy tahlil yechimlaridan foydalanilganligini ko‗rish mumkin 
(Antuan Monkret, U.Petti, D.Rikardo, A.Smit, S.Sismondi va boshqalar). 
Zamonaviy iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishini va rivojlanishini olimlar 
ko‗pincha buxgalteriya hisobi, nazorat, audit fanlarining vujudga kelishi va 
rivojlanishi bilan bog‗lashadi. 
Fanning rivojlanishida xorijlik olimlardan: I.Arinushkin, M.I.Bakanov, 
L.E.Basovskiy, 
D.Bliss, 
B.Barngolts, 
M.A.Baxrushina, 
V.V.Bocharov, 
S.Yu.Buevich, O.N.Volkov, R.Ya.Veytsman, N.V.Voytolovskiy, N.R.Veytsman, 
L.T.Gilyarovskaya, A.I.Gingzburg, P.Gerstnera, L.V.Dontsova, D.A.Endovitskiy, 


14 
O.V.Efimova, 
B.T.Jarilgasov, 
I.I.Karakoz, 
V.E.Kerimov, 
V.V.Kovalev, 
L.I.Kravchenko, V.G.Kogdenko, A.Ya.Lokshin, N.P.Lyubushin, E.I.Maydanchik, 
A.Sh.Margulis, M.V.Melnik, A.I.Muravev, E.V.Negashev, N.A.Nikiforova, 
A.Yu.Petrov, 
V.I.Petrova, 
G.V.Savitskaya, 
S.K.Tatur, 
V.I.Sambrovskiy, 
A.I.Sumtsova, A.Ya.Usachev, I.Sher, A.E.Xorin, P.N.Xudyakov, A.D.Sheremet, 
I.A.Sholomovich, O‗zbekistonlik olimlardan N.A.Xan, S.X.Abdulyatipov, 
I.T.Abdukarimov, Yo.Abdullayev, A.T.Ibragimov, A.V.Vaxobov, M.Q.Pardayev, 
M.Yu.Raximov, A.Usanov, N.F.Ishonqulov, B.J.Xakimov, A.A.Abdug‗aniyev, 
U.A.Nurmanov, 
G.A.Ibragimov, 
U.Q.Yaqubov, 
Z.A.Sagdillayeva, 
T.Sh.Shog‗iyasov, S.Shoalimov, B.Isroilov, Yu.S.Sattarov, R.Ko‗chqorov, 
D.Q.Qudbiyev, 
I.O.Voljin, 
V.V.Ergashbayev, 
Z.N.Qurbonov 
va 
Sh.U.Xaydarovlarning hissalari kattadir. Tahlil fanining rivojlanishida ayniqsa 
Toshkent va Samarqand maktabi vakillarining hissasi alohida e‘tirof etiladi. 
1.2-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin