15
Moliyaviy tahlil,
Moliyaviy hisobot tahlili
Rivojlangan
davlatlarning
umumkasbiy
va
ixtisoslik fanlar tizimiga uyg‗unlikda
Buxgalteriya hisobi, auditning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi ham
iqtisodiy, moliyaviy tahlil fanining paydo bo‗lishiga muhim turtki bo‗ldi
deyish
mumkin.
Uning shakllanishi va rivojlanishiga oid manbalarda italyan matematigi
Luka Pochiolining ―Schyotlar va yozuvlar haqidagi traktati‖ alohida o‗rin tutadi.
Tahlil fanining fan sifatida shakllanganligiga uncha ko‗p vaqt bo‗lgani yo‗q.
Unga doir chop etilgan fundamental manbalar XX asrning 20–30-yillariga
kelibgina chop etila boshlandi.
Fanlarning yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi.
Dunyoni bilish
nazariyasini iqtisodiyotga bog‗langan so‗rovlarini hal etishda muhim vosita
hisoblangan tahlil nafaqat aniq fan sifatida balki barcha fanlarga metodologik asos
sifatida ham qaraladi.
Tahlil fanining predmetiga keng ma‘noda e‘tibor beradigan bo‗lsak, u tahlil
qilinayotgan obyekt (firma, kompaniya, konsernlar)ning butun xo‗jalik faoliyatidir.
Tahlil fani xo‗jalik faoliyatida nafaqat sodir bo‗lgan, balki bo‗layotgan va
kelgusida bo‗ladigan jarayonlarni ham o‗z ichiga oladi.
Shu jihatdan ushbu fan
boshqa fanlardan tubdan farq qiladi.
Tahlil fanining predmetiga manbalarda berilgan ta‘riflar shu darajada ko‗p
bo‗lishiga qaramasdan ularning barchasini bir mazmunda tushunish mumkin. Bu
mazmun, jarayonlarning doiraviyligi, faoliyat natijalarining
manbalarda ifoda
etilganligi, ko‗rsatkichlar tizimida baholanishi, sabab-oqibat bog‗lanishlari,
ichki
va tashqi omillar ta‘sirida o‗rganishning yagonaligi bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: