17
Moliyaviy-xo‗jalik faoliyatni tahlil etishda
faoliyat samaradorligi va
natijaviyligiga ta‘sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv
va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin.
Subyektiv (ichki) omillar
deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati
bevosita bog‗liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka
erishish mumkin
bo‗lgan omillar kiradi. Bunday ta‘sir birliklariga mehnatni to‗g‗ri tashkil etish,
rag‗batlantirish, moddiy
resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish,
quvvatlardan
foydalanish, to‗lovlar intizomiga rioya qilishning o‗ziga bog‗liq
bo‗lgan jihatlari kiradi.
Obyektiv (tashqi) omillar
deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‗liq
bo‗lmagan omillar tushuniladi, ya‘ni davlat siyosatining o‗zgarib turishi, bozordagi
talab-taklifning o‗zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar.
Axborot manbalardan foydalangan holda o„rganish
deganda moliyaviy-
xo‗jalik faoliyatining aniq o‗lchangan, jamlangan, umumlashtirilgan hisobot holiga
keltirilgan axborotlardan, shuningdek hisobdan tashqari (rejalar, normalar va h.k.)
turli manbalardan foydalangan holda o‗rganish tushuniladi.
Davriy o„rganish
deganda uni axborot manbalarining tahliliyligida operativ,
joriy va istiqbolli o‗rganishning zaruriyati nazarda tutiladi.
Fanning predmeti bilan bir qatorda uning obyektiga
ham alohida ahamiyat
qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: