Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
Tahlil
so‗zi 
grekcha
―analyzis‖ so‗zini o‗zbek tilidagi tarjimasi bo‗lib, u 
“bo„laman”
yoki 
“ajrataman”
degan ma‘noni bildiradi. Demak, tahlil deganda
tor ma‘noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‗laklarga bo‗lish yo‗li bilan 
uning tarkibiy qismini o‗rganish tushiniladi. 
―Tahlil‖ deganda o‗zi nimani tushunamiz? Tahlil o‗zi nimani o‗rganadi yoki 
o‗rgatadi? Tahlil bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‗p 
uchratamiz.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va 
jarayonlarni o‗rganishda faqat tahlilni o‗zi yetarli bo‗lmaydi. Inson tafakkuriga 
mos keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‗iladi. Shu jihatda 
tahlilga muqobillikda ―sintez‖ usuli ham tarkiblanib, uning yordamida 


21 
o‗rganilayotgan to‗plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‗zaro 
bog‗liqliklari aniqlanadi. 
―Sintez‖ atamasi ham grekcha ―syntezis‖ so‗zidan olingan bo‗lib, 
―birlashtiraman‖, ―qo‗shaman‖ degan ma‘noni bildiradi.
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma‘noda butunni tarkibiy qismlarga 
ajratish va ularni barcha o‗zaro aloqalari hamda bog‗liqliklarini o‗rganishga 
asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi. 
Ma‘lumki, tahlil tushunchasi juda keng ma‘noga ega bo‗lib, u turli soha va 
yo‗nalishlarda qo‗llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‗p turlarini uchratish 
mumkin: iqtisodiy, moliyaviy, ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular 
albatta bir-biridan o‗rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‗rganish uslublari 
bilan farq qiladi. 
Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‗zgarish tendensiyalarini, rivojlanishi va 
taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu 
borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, o‗lchov vositalaridan foydalanib 
bo‗lmaydi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin