Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


 Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o„rtasida tutgan o„rni va o„ziga



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

1.3. Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o„rtasida tutgan o„rni va o„ziga 
xos xususiyatlari 
Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‗liqligi va ular o‗rtasida tutgan 
o‗rni g‗oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan uzviy bog‗liqlikka 
va aloqadorlikka ega: 
- buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot nazariyasi, makro 
va mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va qimmatli qog‗ozlar, moliya 
matematikasi. 
Tahlil fanining “Buxgalteriya hisobi” fani bilan bog„liqligi. 
Moliyaviy tahlil va buxgalteriya hisobi (Moliyaviy hisob, Boshqaruv hisobi) 
uzviy bog‗liqlik va aloqadorlik mavjud. Hech bir qayd etilgan, jamlangan va 
umumlashtirilgan hamda hisobotlangan axborot tahlilsiz, analitik qayta ishlovlarsiz 
boshqaruvda foydalanilmaydi. Uning eng muhim aloqasi tahlilda axborotlar oqimi 
bosh manbasi ekanligi bilan izohlanadi. Olingan axborotlarning 70-80 foizi 
buxgalteriya hisobidan olinadi. 


22 
Buxgalteriya hisobining xizmat vazifalariga hodisa va jarayonlarni qayd 
etadi, hujjatlashtiradi, analitik va sintetik hisobini yuritadi, moliyaviy hisobotlarni 
tuzish kiradi. Ularni qayta ishlab, tahlil etish va prognozlash tahlil yordamida 
amalga oshiriladi. 
Xo‗jalik faoliyatini yo‗lga qo‗yish, erkin raqobat, investitsion jarayonlarning 
o‗zi axborotlarni chuqur tahlil etishni va boshqarurning asosli qararlarini qabul 
qilishda tahlilni muhim dastakka xayotiy zaruriyatning o‗zi barcha subyektlarni 
tahlilni amalga oshirishini talab etadi. 
O‗ navbatida analitiklar, tahlilchilar buxgalteriya hisobining asosiy 
qoidalarini, normalarini bilmasdan turib zamonaviy tahlilni amalga oshira 
olmaydilar. 
Tahlil fanining “Moliyaviy hisobot” fani bilan bog„liqligi. 
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy tahlil fanining axborot asosi hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotlar – foydalanuvchilar keng doirasining axborotga bo‗lgan 
talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim etiladi. Moliyaviy 
hisobot ko‗pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi. 
Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‗lganda, moliyaviy hisobotda bor 
bo‗lgan axborotga qo‗shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. Moliyaviy 
hisobotlar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) asosida tuziladi. 
Zarur hollarda kompaniyalar Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) 
asosida tuzishlari mumkin. 
Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‗liq 
bo‗lgan izohlar, mo‗ljallar va tushuntirishlarni ham o‗z ichiga oladi. Bunday 
axborot sanoat va jug‗rofiy hududlarning faoliyat turlari to‗g‗risidagi moliyaviy 
axborotni aks ettirishi va narxlar o‗zgarishining moliyaviy natijalarga ta‘sirini 
tushuntirib berishi kerak. 
Moliyaviy hisobot – investitsiya qarorlari, kreditlar berishga doir qarorlarni 
qabul qilish, subyektning bo‗lg‗usi pul oqimiga baho berish, unga ishonib 
topshirilgan resurslarga munosabatiga, majburiyatlariga baho berishda, rahbar 
organlarining ishiga baho berishda muhim manba hisoblanadi. Bu baho berishlarni 
tahlilsiz amalga oshirishni tasavvur qilish qiyin. 
Foydalanuvchilar pul mablag‗larini ko‗paytirish qobiliyatini yaxshiroq 
baholaydilar, agar u xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli faoliyatini 
va moliyaviy ahvolidagi o‗zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta‘minlangan 
bo‗lsa. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‗larini ko‗paytirish, 
ularning ko‗payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va natijaga erishish qobiliyatini 


23 
baholash orqali boshqaruv qarorlarini sifatliligi albatta axborotlarning to‗liqligi, 
ishonchligi, haqqoniyligiga bog‗liqdir. O‗z navbatida axborotlarning to‗liqligi, 
ishonchligi, xaqqoniyligi tahlil sifatini ham belgilab beruvchi bosh omildir. 
Moliyaviy tahlil shuningdek, turli xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
moliyaviy hisobotlarini qiyoslashni imkonini beradi. 
Moliyaviy hisobot – har bitta korxonaning hisob siyosatidan kelib chiqqan 
holda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul 
qiladigan usullar va ularning qoidalari hamda asoslariga muvofiq ravishda tuziladi. 
Buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo‗jalik faoliyati faktlariga baho 
berish, aktivlar qiymatini to‗lash, hujjatlar aylanmasi, mol-mulkni ro‗yxatga 
olishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobida hisobotlarni qo‗llanish usullari, 
hisob registrlari tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va o‗ziga tegishli usullar, 
uslubiyatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullariga kiradi. 
Moliyaviy hisobot xo‗jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‗jalik 
yurituvchi subyektligi yoki xo‗jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga 
kirishidan qat‘i nazar‚ shu xo‗jalik yurituvchi subyektning ma‘lum bir davrdagi 
faoliyatini ko‗rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. 
Moliyaviy hisobotlar‚ shuningdek, xo‗jalik yurituvchi subyektning 
rahbariyati tomonidan resurslarni boshqarish natijalarini ko‗rsatadi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin