20
Kopmlekslik
Tahlil
qilinayotgan
obyektning
barcha
birliklari,
bo‗g‗inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning
o‗zaro bog‗liqliklarini atroflicha o‗rganishni taqozo qiladi
Obyektivlik, aniqlik
va ishonchlilik
Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil
ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi
ma‘lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil
natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham
korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib
borilishi talab etiladi
Ta‘sirchanlik
Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning
natijalariga
bevosita
aralashishi,
rezervlarni,
yo‗l
qo‗yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita
ta‘sir ko‗rsatishi lozimligini ifoda etadi
Rejalilik
Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan
analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‗rtasida
taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda
etadi
Samaradorlik
Tahlilni o‗tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha
barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi
Operativlik
Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‗tkazish, qarorlar qabul
qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va
tezkorlikni taqozo qiladi
Demokratik
Tahlilni o‗tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini
jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng
jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi
Dostları ilə paylaş: