Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Tahlil fanining “Audit” fani bilan bog„liqligi



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Tahlil fanining “Audit” fani bilan bog„liqligi. 
Audit – mustaqil ekspertlar, auditorlar tomonidan korxona moliya-xo‗jalik 
faoliyatini tekshirishni anglatadi. Bunda nafaqat tekshirish balki korxonaning 
iqtisodiy, moliyaviy faoliyatini optimallashtirish bo‗yicha ham tavsiyalar ishlab 
chiqiladi. 
Audit – ishonchlilik bo‗yicha mustaqil tekshiruv hisoblanadi. 
Audit – auditorlarning yoki auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi yoki 
moliyaviy hisobotlarni, buxgalteriya hujjatlari, soliqlar va boshqa majburiyatlarni 
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishdan iborat tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. 
Audit – bu korxonaning moliyaviy hisobotlarini ekspertizadan o‗tkazish, 
buxgalteriya hisobini yuritish tartibini, xo‗jalik va moliyaviy operatsiyalarni 
qonunchilik normalariga muvofiqligini, hisobotlarning to‗liqligi va to‗g‗riligini 
tekshirishga qaratilgan mustaqil faoliyat turidir. 
Audit – bu firma va kompaniyalar uchun ishlamaydigan, mustaqil 
sertifikatlangan auditorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi moliyaviy 
nazoratdir. Audit – bu sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshiruvchi keng 
faoliyat turidir. Audit – bu bevosita va bilvosita manfaatdor bo‗lgan tomonlarning 
nomidan ish ko‗ruvchi mustaqil ekspertlar faoliyatidir. 


24 
Tahlilda audit va auditorlik faoliyati nafaqat axborotlar ishonchligi, 
to‗liqligi, haqqoniyligini ta‘minlab beruvchi sifatida balki korxona boshqaruvi va 
biznes samaradorligini ta‘minlashda, zaruriy axborotlar ta‘minotchisi sifatida ham 
qatnashadi. Shu bilan birga auditorlik faoliyatida eng maqbul yechimga tahliliy 
amallardan uddaburonlik bilan foydalanish orqaligina ega bo‗linadi.
Auditorlik faoliyati va natijalari bo‗yicha rasmiylashtiriladigan xulosalar 
tahlilda eng ishonchli manba bo‗lib hisoblanadi. 
Tahlil fanining iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bog„liqligi. 
Iqtisodiyot nazariyasi – cheklangan resurslardan odilona foydalanish orqali 
cheksiz ehtiyojlarni qondirishning eng samarali yo‗llarini tanlashning ilmidir. 
Iqtisodiyot nazariyasida makro va mikro iqtisodiy ko‗rsatkichlar tizimi, 
ularning o‗zgarishi va rivolanish rendensiyalari tadqiq etiladi, baholanadi. 
Tahlil sabab-oqibat, induksiya-deduksiya, analiz va sintez bog‗lanishlaridan, 
bozor iqtisodiyotining muhim qonuniyatlari hisoblangan talab va taklif, qiymat, 
monetar qonuniyatlari, turli modellar tizimidan iborat metodologik, ilmiy va 
amaliy asoslarga tayangan holda rivojlanadi, taraqqiy etadi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin