26
Jamoatchilikda ham, chunki xo‗jalik yurituvchi
subyektlar mahalliy
iqtisodiyotga ko‗pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta‘minlash va
mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‗llab-quvvatlash bilan katta hissa
qo‗shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‗nalishlari va
xo‗jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‗nggi
yutuqlar to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlab, ularga yordam beradi.
Tashqi tahlil subyektlari qatoriga shuningdek, reyting kompaniyalarini ham
kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar alohida xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning
boshqa xo‗jalik subyektlarga nisbatan iqtisodiy o‗rnini aniqlashga imkon beruvchi
axborotlarni tahlil etish va ularni doimiy kuzatuvini olib borish bilan
shug‗ullanadilar.
Moliyaviy tahlil subyektlari xo‗jalik subyektlarining moliyaviy holatini
kompleks (to‗liq) baholashlari ham mumkin. Bu borada auditorlik faoliyatida olib
boriladigan tahliliy protseduralarni ham misol qilib keltirish mumkin. Qolgan
hollarda analitiklarning va buyurtmachilarning maqsad,
manfaatlaridan kelib
chiqqan holda zaruriy bo‗lgan obyektlar bo‗yicha xulosalar chiqarishga etadigan
tahlillar o‗tkaziladi.
Moliyaviy holatning kompleks tahlili ko‗proq faqat ichki moliyaviy tahlilga
hos jihatdir. Tashqi tahlil subyektlari odatda o‗zini qiziqtirgan masala yuzasidan
axborotlarning jozibadorligiga ahamiyat qaratadilar.
Moliyaviy tahlil subyektlari va ularning manfaatlar mushtarakligini quyidagi
1.6-jadval ma‘lumotlaridan ko‗rib chiqish mumkin.
1.6-jadval
Dostları ilə paylaş: