Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Iqtisodiy tahlil bosqichlari 
1-bosqich
Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi 
tuziladi 
2-bosqich
Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‗rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi 
va tizimlashtiriladi 
3-bosqich 
Tahlil uchun zarur bo‗lgan axborotlar yig‗iladi va tayyorlanadi 
(ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‗rinishga keltiriladi) 
4-bosqich 
Xo‗jalik faoliyatining natijalari reja, o‗tgan yil, ilg‗or korxonalar 
ko‗rsatkichlari bilan taqqoslanadi 
5-bosqich 
Omilli tahlil o‗tkaziladi va natijaviy ko‗rsatkichlarga ta‘sir etuvchi 
birliklar hisob-kitob qilinadi 
6-bosqich 
Faoliyat 
samaradorligini 
oshirishda 
foydalanilmayotgan 
va 
istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi 
7-bosqich 
Turli omillar ta‘sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni 
hisobga olib, xo‗jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq 
chora-tadbirlar belgilanadi 
2.2. Iqtisodiy tahlilda qo„llaniladigan an‟anaviy usullar:
 
2.2.1. Taqqoslash usuli
Taqqoslash – tahlilda eng ko‗p qo‗llaniladigan usul hisoblanadi. Uning 
gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi. 
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular 
qatoriga o‗lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‗rsatkichlar), davriy oraliqlari
faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-
kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin. 
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida 
o‗rganilayotgan obyektdagi o‗zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va 
qonuniyatlari o‗rganiladi. 
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‗rganiladi: gorizontal, vertikal, trend 
va shuningdek bir o‗lchamli va ko‗p o‗lchamli tahlillar. 


32 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin